483-modda o‘n oltinchi qismining qoidalari 2022-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Bo‘yalgan matoni, bo‘yalgan gazlamani va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlari (shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali eksport qilgan tadbirkorlik subyektlari) 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Ushbu moddaning o‘n yettinchi qismida nazarda tutilgan imtiyoz bo‘yalgan mato, bo‘yalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qilishdan olingan tushumi barcha tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining kamida 80 foizini tashkil etadigan soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi.
(483-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 5-maydagi O‘RQ-767-sonli Qonuniga asosan o‘n oltinchi, o‘n yettinchi va o‘n sakkizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 03/22/767/0386-son — o‘n yettinchi va o‘n sakkizinchi qismlarning qoidalari 2022-yil 1-fevraldan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.) Oldingi tahrirga qarang. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari tomonidan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlarning 2020-yil 1-yanvardan keyin foydalanilmay qolgan qismi 2020-yil 1-oktabrga qadar maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining reyestriga kiritilgan ishtirokchilarga nisbatan ular tomonidan kiritilgan, 2020-yil 1-yanvarga qadar amalda bo‘lgan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan investitsiyalarning hajmiga qarab, mazkur ishtirokchilar reyestrga kiritilgan paytdan e’tiboran 3 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatga to‘liq qo‘llaniladi. Ushbu qismning qoidalari ushbu Kodeks 473-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(483-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 12-iyuldagi O‘RQ-783-sonli Qonuniga asosan o‘n to‘qqizinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 03/22/783/0620-son) Oldingi tahrirga qarang. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), avtotransport vositasida yo‘lovchi va yuk tashish, avtotransport vositalarini ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlarini, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya xizmatlari ko‘rsatuvchi, shuningdek ko‘ngilochar markazlarda xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari — 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Ushbu moddaning yigirmanchi qismida nazarda tutilgan imtiyoz, agar belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil qilsa, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etiladi. Xodimlar sonini yashirish faktlari aniqlangan taqdirda mazkur imtiyozning amal qilishi bekor qilinadi.
LexUZ sharhi 483-modda yigirmanchi va yigirma birinchi qismlarining qoidalari 2022-yil 1-apreldan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Mahallalararo savdo-xizmat ko‘rsatish ko‘chalari bo‘ylab joylashgan, uy-joy uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektlari ushbu moddaning yigirmanchi qismida belgilangan xizmatlar turlarini ko‘rsatish uchun yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk toifasiga o‘tkazilgan taqdirda, 2024-yil 1-yanvarga qadar jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini hamda jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini uy-joyga mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektlari, shuningdek ushbu obyektlar egallagan yer uchastkalari uchun belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.
Mahallalararo savdo-xizmat ko‘rsatish ko‘chalarining ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
Tadbirkorlik subyektlari 2022-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda maydoni besh ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari va mehmonxona (joylashtirish vositalari), shu jumladan, ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha quyidagilarga haqli:
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyentni qo‘llashga. Bunda 2027-yil 1-yanvarga qadar yangidan qurilgan ushbu ko‘chmas mulk obyektlariga va ushbu obyektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan mazkur imtiyoz ular foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran besh yil mobaynida qo‘llaniladi;
foyda solig‘ini hisoblab chiqarish chog‘ida ikki yil davomida mazkur binolarning qiymatini amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritishga.
LexUZ sharhi