O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə41/356
tarix26.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#136039
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   356
Soliq kodeksi 2023

63-modda. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq, ushbu Kodeksning 62-moddasida belgilangan shartlarni qanoatlantiruvchi yuridik shaxslar soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha foyda solig‘ini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va shartlarda hisoblab chiqarish hamda to‘lash maqsadida ixtiyoriy ravishda birlashadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 62-moddasi.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish yuridik shaxsni tashkil etmagan holda amalga oshiriladi.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomada quyidagi qoidalar bo‘lishi kerak:
1) soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomaning predmeti;
2) soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari bo‘lgan yuridik shaxslarning ro‘yxati va rekvizitlari;
3) soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxsning nomi;
4) soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari ushbu guruhning mas’ul ishtirokchisiga ushbu bobga muvofiq o‘tkazadigan vakolatlar ro‘yxati;
5) soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi va boshqa ishtirokchilari tomonidan ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan majburiyatlarni bajarish hamda huquqlarni amalga oshirish tartibi va muddatlari, belgilangan majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlik;
6) agar soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi muayyan muddatga tuzilayotgan bo‘lsa, kalendar yillarda hisoblanadigan muddat yoxud bu guruh qancha muddatga tashkil etilayotganligining muayyan muddati mavjud emasligini ko‘rsatish;
7) soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining har bir ishtirokchisi bo‘yicha ushbu Kodeksning Maxsus qismida nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda soliq bazasini aniqlash va foyda solig‘ini to‘lash uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar. Bunda tanlangan ko‘rsatkichlar soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomaning butun amal qilish muddati mobaynida o‘zgartirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomaga asoslangan huquqiy munosabatlarga nisbatan soliq to‘g‘risidagi qonunchilik, soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga solinmagan qismiga nisbatan esa, fuqarolik qonunchiligi qo‘llaniladi.
(63-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma va uning qoidalari qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan taqdirda, sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
(63-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma quyidagi sanalardan eng avvalgisi yuzaga kelguniga qadar amal qiladi:
1) shartnoma amal qilishining tugash sanasi;
2) shartnomani bekor qilish sanasi.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxs turgan joydagi soliq organida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Agar soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan bo‘lsa, soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma konsolidatsiyalashgan guruhning ko‘rsatilgan mas’ul ishtirokchisi yirik soliq to‘lovchi sifatida hisobga olingan joydagi soliq organida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   356




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin