O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə97/356
tarix26.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#136039
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   356
Soliq kodeksi 2023

132-modda. Soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari
Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari deganda soliq to‘lovchi tomonidan soliq organlariga taqdim etilgan ma’lumotlar, shuningdek ushbu Kodeksning 133-moddasida nazarda tutilgan tartibda organlar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan yuborilgan ma’lumotlar tushuniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 133-moddasi.
Yuridik shaxs to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari tarkibiga quyidagilar kiradi, xususan:
1) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
2) to‘liq va qisqartirilgan nomi;
3) joylashgan eri (pochta manzili);
4) tashkiliy-huquqiy shakli;
5) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana, joyi va raqami;
6) ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori — tijorat tashkilotlari uchun;
7) alohida bo‘linmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
8) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan ishtirokchilar soliq to‘lovchisining identifikatsiya raqami, chet ellik ishtirokchining mamlakati hamda har bir muassisning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi ko‘rsatilgan holda ishtirokchilarning to‘liq tarkibi — tijorat tashkilotlari uchun.
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari tarkibiga ularning quyidagi shaxsga doir ma’lumotlari kiritiladi:
1) familiyasi, ismi, otasining ismi;
2) fuqaroligi;
3) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
4) pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi;
5) yashash joyi (manzili).
(132-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun hisob ma’lumotlari tarkibiga ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari, quyidagilar ham kiritiladi:
1) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana, joyi va raqami;
2) faoliyat turi;
3) faoliyat amalga oshiriladigan joy.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchi soliq organlarining ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan o‘z hisob ma’lumotlarini soliq organining so‘roviga ko‘ra soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali tasdiqlashi kerak.
(132-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchilar to‘g‘risida hisob ma’lumotlarini yuritish, soliq to‘lovchilar tomonidan ularni tasdiqlash, bu ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish tartibi, shuningdek soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun ma’lumotlar tarkibini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(132-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   356




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin