O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Banklar tomonidan bank hisobvaraqlari va operatsiyalar bo‘yicha ma’lumotnomalarni (ko‘chirmalarni) soliq organiga taqdim etmaslik



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə165/356
tarix26.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#136039
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   356
Soliq kodeksi 2023

229-modda. Banklar tomonidan bank hisobvaraqlari va operatsiyalar bo‘yicha ma’lumotnomalarni (ko‘chirmalarni) soliq organiga taqdim etmaslik
Ushbu Kodeksning 134-moddasida nazarda tutilgan ma’lumotnomani (ko‘chirmalarni) bank tomonidan soliq organiga taqdim etmaslik, shuningdek ma’lumotnomalarni (ko‘chirmalarni) belgilangan muddatni buzgan holda yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar bo‘lgan ma’lumotnomalarni (ko‘chirmalarni) taqdim etish, —
ikki million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 134-moddasi.
IX BO‘LIM.
SOLIQ ORGANLARINING HUJJATLARI VA ULAR MANSABDOR ShAXSLARINING HARAKATLARI (HARAKATSIZLIGI) USTIDAN ShIKOYAT BERISh

30-bob. Soliq organlarining hujjatlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish tartibi
230-modda. Shikoyat berish huquqi
Har bir shaxs soliq organlarining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan, agar ushbu shaxsning fikriga ko‘ra bunday hujjatlar, harakatlar (harakatsizlik) uning huquqlarini buzsa, shikoyat berish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka yoki idoraviy normativ hujjatlarga muvofiq tuzilgan, soliq organlarining bir yoki bir nechta jismoniy yoki yuridik shaxsga qaratilgan, yuridik ahamiyatga molik muayyan harakatlarni sodir etishga undovchi ko‘rsatmasi mavjud bo‘lgan hujjat soliq organining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjati deb e’tirof etiladi.
(230-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq organlarining normativ-huquqiy hujjatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Soliq organining sayyor soliq tekshiruvi yoki soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarori yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan bekor qilingan taqdirda, ushbu qaror bo‘yicha soliqlarning va moliyaviy sanksiyalarning undirilgan (to‘langan) summalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ushbu summalar undirilgan (to‘langan) davrda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblangan foizlarni inobatga olgan holda qaytarilishi (hisobga olinishi) lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 231 — 236-moddalari.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   356




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin