O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə18/356
tarix26.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#136039
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   356
Soliq kodeksi 2023

31-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar
Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Fuqarolik kodeksining 24-moddasi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi, biroq yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan jismoniy shaxslarga soliq solish va ularga nisbatan javobgarlik choralarini qo‘llash maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qaraladi.
32-modda. Yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalari
Quyidagilar yuridik shaxslardir:
Oldingi tahrirga qarang.
1) O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxslar (O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari);
(32-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2) chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan, fuqarolik huquqiy layoqatiga ega bo‘lgan chet el yuridik shaxslari (shu jumladan kompaniyalar va boshqa korporativ tuzilmalar);
(32-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3) xalqaro tashkilotlar.
Yuridik shaxsning hududiy jihatdan alohida bo‘lgan, turgan eri bo‘yicha doimiy ish joylari jihozlangan har qanday bo‘linmasi O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsining alohida bo‘linmasidir.
Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasini e’tirof etish, unga qanday vakolatlar berilganligidan va uning tashkil etilishi bo‘yicha yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida yoki boshqa tashkiliy-boshqaruv hujjatlarida aks ettirilganligi yoki aks ettirilmaganligidan qat’i nazar, amalga oshiriladi.
Agar ish joyi bir oydan ortiq muddatga yaratilgan bo‘lsa, u doimiy hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi alohida bo‘linmasining joylashgan eri ushbu yuridik shaxs mazkur alohida bo‘linma orqali faoliyat olib boradigan joydir.
LexUZ sharhi
Qarang: Fuqarolik kodeksining 4-bobi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   356




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin