O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə210/356
tarix26.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#136039
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   356
Soliq kodeksi 2023

292-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Soliq hisoboti, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq bo‘yicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilingan taqdirda, soliq hisoboti avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari joylashgan erdagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 45-moddasi.
293-modda. Soliq to‘lash tartibi
Soliqni to‘lash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha soliqni to‘lash bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Aksiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan olib kiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq aksiz markalari olinguniga qadar to‘lanadi.
(293-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
XII BO‘LIM.
FOYDA SOLIG‘I

42-bob. Soliq to‘lovchilar, soliq solish obyekti va soliq bazasi
294-modda. Soliq to‘lovchilar
Quyidagilar foyda solig‘ining soliq to‘lovchilari (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi:
1) O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar (bundan buyon ushbu bo‘limda yuridik shaxslar deb yuritiladi);
2) O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari (bundan buyon ushbu bo‘limda faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezidentlar deb yuritiladi);
3) O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar (bundan buyon ushbu bo‘limda norezidentlar deb yuritiladi);
4) soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchilari bo‘lgan yuridik shaxslar;
5) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bir milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan yoki o‘z ixtiyori bilan foyda solig‘ini to‘lashga o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
6) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha oddiy shirkatning ishonchli shaxsi.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari (bundan buyon ushbu bo‘limda konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilari deb yuritiladi) soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha foyda solig‘ining mazkur guruh mas’ul ishtirokchisi tomonidan hisoblab chiqarish uchun zarur bo‘lgan qismi bo‘yicha soliq to‘lovchilarning majburiyatlarini bajaradi.
Ushbu Kodeksning 36-moddasi to‘qqizinchi qismiga muvofiq agent vazifalarini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs, ushbu modda birinchi qismining 2-bandiga muvofiq soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, aylanmadan soliq to‘lovchi shaxslar soliq to‘lovchilar hisoblanmaydi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   356




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin