O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Umidsiz qarzlar bo‘yicha xarajatlar



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə225/356
tarix26.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#136039
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   356
Soliq kodeksi 2023

313-modda. Umidsiz qarzlar bo‘yicha xarajatlar
Ushbu modda maqsadlarida, sudning qaroriga ko‘ra, bankrotlik, tugatish, qarzdor vafot etganligi tufayli majburiyatlar tugatilganligi oqibatida yoki da’vo muddati o‘tganligi oqibatida to‘lanishi mumkin bo‘lmagan qarz umidsiz qarz deb e’tirof etiladi.
Soliq to‘lovchi oldingi hisobot (soliq) davrlarida soliq solinadigan daromadlar olish bilan bog‘liq bo‘lgan umidsiz qarzlarni chegirib tashlashga haqli.
Umidsiz qarzlarni chegirib tashlashga faqat qarz hisobdan chiqarilgan va soliq to‘lovchining buxgalteriya hisobotida aks ettirilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
314-modda. Qo‘shilgan qiymat solig‘iga doir xarajatlar
Agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, sotib olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha quyidagi chiqimlar hisobga olinadi:
1) ushbu Kodeksning 267-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinmaydigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi;
2) ushbu Kodeks 268-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi;
3) ushbu Kodeksning 270-moddasida ko‘rsatilgan holda qo‘shilgan qiymat solig‘iga tuzatish kiritish summasi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi hisobga olinmaydigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini quyidagi hollarda xarajatlar jumlasiga kiritishga haqli:
1) ushbu Kodeks 268-moddasining beshinchi qismiga muvofiq mutanosib usulni qo‘llashda;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 268-moddasining beshinchi qismi.
2) agar soliqning tuzatish kiritish summasini bunday tuzatish amalga oshirilayotgan sotib olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatiga kiritish mumkin bo‘lmasa, qo‘shilgan qiymat solig‘iga ushbu Kodeksning 269 va 270-moddalariga muvofiq tuzatish kiritishda;
3) ushbu Kodeksning 271-moddasida nazarda tutilgan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘iga tuzatish kiritishda.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 269 — 271-moddasi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   356




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin