434-modda. Soliq solish obyekti Quyidagi yer uchastkalari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir:
Oldingi tahrirga qarang. 1) jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari;
(434-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. 2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari;
(434-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son) Oldingi tahrirga qarang. 3) jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari;
(434-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) 4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
5) meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tgan yer uchastkalari;
Oldingi tahrirga qarang. 6) qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan yer uchastkalari;
(434-modda birinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 7) tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.
Ko‘p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari soliq solish obyekti bo‘lmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining 7-bandida ko‘rsatilganlar va ko‘p kvartirali uylarda joylashgan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari mustasno.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 25-moddasi.