O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq solish obyekti



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə332/356
tarix26.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#136039
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   356
Soliq kodeksi 2023

457-modda. Soliq solish obyekti
Chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranziti yig‘imlarning soliq solish obyektidir.
(457-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 25-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
458-modda. Soliq bazasi
Chet davlatlarning avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirayotganda va uning hududi orqali tranzit o‘tayotganda soliq bazasi hisoblanadi.
(458-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 26-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(459-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi tahrirga qarang.
460-modda. Yig‘imlarni to‘lash tartibi
Chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘im chet davlatning avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirayotganda undiriladi.
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi to‘g‘risida xabarnoma yuborilgan paytdan e’tiboran to‘lanadi. Bunda xabarnoma joriy oyning yigirmanchi sanasiga qadar yuborilganda yig‘im ushbu oy uchun to‘liq hajmda, xabarnoma joriy oyning yigirmanchi sanasidan keyin yuborilganda esa keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab hisoblab chiqariladi.
Agar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilish bir nechta statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlari orqali amalga oshirilsa, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar belgilangan stavkalar doirasida statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlarining soniga, shuningdek ularning har biri joylashgan hudud o‘lchamlariga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi hamda undiriladi.
Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyati to‘xtatib turilganda yoki tugatilganda yig‘imni hisoblab chiqarish keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to‘xtatib turiladi.
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im har oyda oldindan to‘lov tarzida, joriy oyning o‘ninchi sanasiga qadar to‘lanadi.
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun undiriladigan yig‘imlar qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(460-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4601-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   356




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin