Jami daromadi besh yuz million so‘mdan oshmagan soliq to‘lovchilar
20
2.
Jami daromadi besh yuz million so‘mdan yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar
30
Qat’iy belgilangan summadagi soliq stavkasi bo‘yicha soliq to‘lash tartibi ushbu Kodeksning 4701-moddasida belgilangan.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi. (467-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) 468-modda. Alohida-alohida hisob yuritish Turli soliq solish obyektlari va (yoki) soliq stavkalari belgilangan bir necha faoliyat turi bilan shug‘ullanadigan soliq to‘lovchilar bunday faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishi hamda soliq to‘lovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha soliqni to‘lashi shart.
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari chakana savdo sohasidagi mustaqil yuridik shaxs bo‘lmagan turli aholi punktlarida joylashgan bir qancha savdo nuqtalariga ega soliq to‘lovchilarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Ushbu Kodeks 297-moddasi uchinchi qismining 4, 5, 6, 10, 11, 12, 13, 14, 17, 18, 21, 22, 23, 25 va 27-bandlarida ko‘rsatilgan daromadlarga, shuningdek foizlar tarzidagi daromadlarga soliq to‘lovchining hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha umumiy jami daromadlaridagi ulushi ustunlik qiladigan faoliyat turi uchun belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha soliq solinadi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 297-moddasi. Hisobot (soliq) davrida ushbu Kodeks 467-moddasining 2 — 14-bandlarida ko‘rsatilgan faoliyat turlari mavjud bo‘lmaganda, ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlarga ushbu Kodeks 467-moddasining 1-bandida belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinadi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 467-moddasi.