71-bob. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari 479-modda. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga soliq solish Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar ushbu bobda nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliqlarni to‘lovchilar hisoblanadi.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar mehnatga haq to‘lash tarzida olinadigan daromadlar bo‘yicha belgilangan stavkalar bo‘yicha ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘laydi.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius zimmasiga xodimlarning mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish hamda to‘lash majburiyati yuklatiladi.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar notarial xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
480-modda. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning foydasiga soliq solish Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar foyda solig‘ini ushbu Kodeksda belgilangan stavka bo‘yicha to‘laydi. Bunda foyda solig‘ini hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va to‘lash yiliga bir marta, hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi ushbu Kodeksning 43-bobida nazarda tutilgan daromadlarning barcha turlari notariuslarning daromadlari deb e’tirof etiladi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 43-bobi. Notarial faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar chegiriladigan xarajatlar jumlasiga kiritiladi. Bunda chegirilmaydigan xarajatlar ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq aniqlanadi.
Foyda solig‘i to‘langanidan keyin xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning tasarrufida qolgan foyda soliq solish maqsadida dividendlarga tenglashtiriladi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 317-moddasi. Oldingi tahrirga qarang.