O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan boshqa tushunchalar



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə38/356
tarix26.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#136039
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   356
Soliq kodeksi 2023

60-modda. Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan boshqa tushunchalar
Ushbu Kodeks maqsadida quyidagi tushunchalardan ham foydalaniladi:
jismoniy shaxsning yaqin qarindoshlari — uning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari va opa-singillari, eri (xotini), farzandlari, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolari, buvilari, nevaralari, shuningdek erining (xotinining) ota-onasi;
ijara (lizing) to‘lovi — ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) tuzilgan ijara (lizing) shartnomasi asosida ijarachi (lizing oluvchi) tomonidan to‘lanadigan summa;
ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizdan olinadigan daromadi — moliyaviy ijara (lizing) obyektining ijara (lizing) to‘lovi summasi va qiymati o‘rtasidagi farq;
LexUZ sharhi
Qarang: “Ijara to‘g‘risida”gi Qonuni, “Lizing to‘g‘risida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
nazorat-kassa texnikasi — fiskal xotira bilan jihozlangan nazorat-kassa mashinalari, fiskal to‘plagichlardagi fiskal ma’lumotlar yozib olinishi va saqlanishini ta’minlovchi, fiskal hujjatlarni shakllantiruvchi hamda ularning soliq organlariga fiskal ma’lumotlar operatori orqali topshirilishini, shuningdek fiskal hujjatlar nazorat-kassa texnikasini qo‘llash to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq qog‘ozda chop etilishini ta’minlovchi boshqa qurilmalar hamda dasturiy-texnik majmualar;
(60-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ortiqcha to‘langan soliq summasi (penya, jarima) — soliqning (penyaning, jarimaning) to‘langan summasi bilan haqiqatda to‘lanishi lozim bo‘lgan summasi o‘rtasidagi ijobiy farq. Soliqning (penyaning, jarimaning) ortiqcha to‘langan summasi u ilgari hisobga olingan va (yoki) soliq to‘lovchiga qaytarilgan summalarni, shuningdek soliq bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobiga o‘tkaziladigan summalarni hisobga olgan holda uni hisob-kitob qilish sanasida aniqlanadi;

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   356




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin