6-bob. Soliqlarning elementlari 69-modda. Soliqlarning elementlari Oldingi tahrirga qarang. Soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda soliqning barcha elementlari aniqlab qo‘yilgan taqdirdagina ushbu soliq belgilangan deb hisoblanadi.
(69-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Bunday soliq elementlariga quyidagilar kiradi:
1) soliq solish obyekti;
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 70-moddasi. 2) soliq bazasi;
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 71-moddasi. 3) soliq stavkasi;
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 72-moddasi. 4) soliq davri;
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 73-moddasi. 5) soliqni hisoblab chiqarish tartibi;
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 74-moddasi. 6) soliq hisobotini taqdim etish tartibi;
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 82-moddasi. 7) soliqni to‘lash tartibi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 74-moddasi. Soliqni belgilashda soliq imtiyozlari va ularning qo‘llanilishi uchun asoslar nazarda tutilishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 75-moddasi. 70-modda. Soliq solish obyekti Oldingi tahrirga qarang. Soliq solish obyekti mol-mulk, harakat, harakat natijasi yoki qiymat, miqdoriy yoki fizik xususiyatga ega bo‘lgan boshqa holat bo‘lib, u mavjud bo‘lganda soliq to‘g‘risidagi qonunchilik soliq to‘lovchida soliq majburiyatini vujudga keltiradi.
(70-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Har bir soliq ushbu Kodeksning Maxsus qismiga muvofiq belgilanadigan mustaqil soliq solish obyektiga ega bo‘ladi.