127-modda. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami Hisobga olishda har bir soliq to‘lovchiga O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona bo‘lgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami beriladi va uning hisob ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestriga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang. ushbu Kodeks 126-moddasining to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami hisoblanadi.
(127-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son) Soliq to‘lovchiga identifikatsiya raqamini berish, qo‘llash hamda uni o‘zgartirish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 130-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qo‘llash tizimi to‘g‘risida nizom. Soliq organi soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini unga yuboriladigan barcha hujjatlarda ko‘rsatadi.
Oldingi tahrirga qarang. Har bir soliq to‘lovchi o‘zining soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini soliq hisobotlarida, soliq organiga taqdim etiladigan arizalar va boshqa hujjatlarda, shuningdek, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ko‘rsatadi.
(127-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami quyidagi hujjatlarda majburiy ko‘rsatiladi:
faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalarda;
yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan tuziladigan xo‘jalik, fuqarolik-huquqiy va mehnat shartnomalarida;
yuridik shaxslar va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bitimlar tuzilganligini belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda, shu jumladan hisobvaraq-fakturalarda va tovar-kuzatuv hujjatlarida;
pul, hisob-kitob va to‘lov hujjatlarida;
Oldingi tahrirga qarang. qonunchilikda belgilangan hollarda boshqa hujjatlarda.
(127-modda beshinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)