O’zbekiston respublikasioliy ta’lim, fan va


Ikkiyoqlama yozuvning nazorat ahamiyati



Yüklə 59,44 Kb.
səhifə5/7
tarix15.12.2023
ölçüsü59,44 Kb.
#140880
1   2   3   4   5   6   7
BOBURJAN BUXGALTERYA 1 REFERAT IKKIYOQLAMA YOZUV

Ikkiyoqlama yozuvning nazorat ahamiyati


Jamiyatda ikkiyoqlama yozuvning paydo bo‘lishi buxgalteriya hisobi rivojlanishiga asos bo‘lgan. XIII—XIV asrlarda ikkiyoqlama yozuv tizimi paydo bo‘ldi va Shimoliy Italiyaning bir necha savdo markaz- larida undan foydalanila boshlandi. Topilgan yagona qo‘lyozmalarga ko‘ra ikkiyoqlama yozuv 1340- yili paydo bo‘lgan. Yana boshqa manbalarga ko‘ra bundan ham oldinroq Frantsiyaning Shampan viloyati savdo firmalarida (1299—1300) ikkiyoqlama yozuvdan foydalanilgan. Uning asoschisi Italiyada yashagan frantsuz monarxi Luko Pacholi hisoblanadi. U o‘zining ulkan ishi hisoblangan «Schyot va yozuvlar to‘g‘risida risola» nomli asarida (1494- yil) hisob yozuvlari bo‘yicha tushunchani ochib berdi. Hozirda ham bu kitob juda dolzarb hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar qaysi tarmoqqa qarashliligidan va unda qanday xo‘jalik jarayoni ro‘y berishidan qat’iy nazar har doim ikki va undan ortiq xo‘jalik mablag‘i yoki ularning tashkil topish manbalari ishtirok etadi. Shuning uchun ham xo‘jalik jarayonlarini schyotlarda aks ettirishda ikki yoki undan ortiq schyotlardan foydalaniladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlari tufayli mablag‘lar va ularning tashkil topish manbalari bir-biri bilan bog‘lanadi va natijada ular uchun mo‘ljallangan buxgal- teriya hisobi schyotlari ham bir-biri bilan bog‘lanadi (bu bog‘lanish «Schyotlar korrespondentsiyasi» deyiladi). Schyotlar bog‘lanishining buxgalteriya hisobi yozuvlarida aks ettirilishiga «Ikkiyoqlama yozuv» (buxgalteriya provodkasi) deb aytiladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda sodir bo‘layotgan jarayonlarga tegishli summalar buxgalteriya hisobi yozuvlarida eng kamidaikkitaschyotgayoziladi, albatta bir schyotning debetiga, ikkinchi schyotning kreditiga.
Ikkiyoqlama yozuv usulining ahamiyati shundaki,uning yordamida, hisob ishlari to‘g‘ri yuritilayotganligini nazorat qilib borish imkoniyati yaratiladi. Oddiy buxgalteriya provodkasida faqat ikki schyot qatnashib, biri debetlanadi, ikkinchisi kreditlanadi. Misol. Bankdan qisqa muddatga 1000 000 so‘m kredit olindi va hisoblashish schyotiga o'tkazildi. Bank oldidagi qarz, shu bilan birga hisoblashish schyotidagi pul mablag'i ham ko‘paydi. Bank bilan qisqa muddatli kreditlar yuzasidan hisoblashish schyoti passivligini va hisoblashish schyoti aktivligini inobatga olsak, bu jarayon quyidagicha aks ettiriladi: DT 5110 - «Hisob-kitob schyoti» - 1000000 so‘m Кт 6810 — «Bankning qisqa muddatli kreditlari» - 1.000.000 so‘m. Murakkab buxgalteriya provodkasida esa uch yoki undan ortiq schyotlar qatnashib, bir schyot debetlanishi va ikki yoki undan ortiq schyot kreditlanishi va aksincha, bir schet kreditlanib, ikki yoki undan ortiq schyot debetlanishi mumkin. Misol. Korxonadagi asosiy vositalarga eskirish summasi hisoblandi: a) asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga 220000; b) yordamchi ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga 30000; d) ma’muriy boshqaruvdagi asosiy vositalarga 29500. DT 2010 - 220000 so'm, ZF2310- 30000 so'm, DT 9420 -29500 so'm, JC 0250 - 279500 so‘m. Shuningdek, ba’zi hollarda xo'jalik jarayonlari bir tomonlama yozuv orqali ham aks ettiriladi. Masalan, ko‘rib /tganimizdek, balansdan tashqari schyotlar faqat bir tomonlama yozuv orqali ko'rsatiladi. Misol. Korxona qisqa muddatli ijaraga asosiy vosita oldi. Uning balans qiymati 6 500900 so‘m. Ushbu xo'jalik jarayoni buxgalteriya hisobi yozuvlarida quyidagicha aks ettiriladi: a) olinganda: DT 001 — «Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar»; b) egasiga qaytarilganda: n Km 001 — «Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar».
Amaliyotda xo‘jalik jarayonini bir schyoti debeti va ikkinchi schyotning kreditida aks ettirilishi buxgalteriya provodkasi deyiladi.


Yüklə 59,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin