Detallarni tayyorlashda yoki yig’ishda TJ birqancha amallarni o’z ichiga
oladi.
Mahsulot tayyorlash yoki yig’ish jarayoniga muvofiq ravishda TA ni
quyidagicha tariflash mumkin.
Texnologik amal (TA) deb, – texnologik jarayonning tugallangan qismi
bo’lib, bitta yoki bir nechta bir vaqtda ishlov beriluvchi yoki yig’iluvchi
mahsulotlarni, bitta yoki bir qancha ishchilar tamonidan uzluksiz bajaruvchi ishga
aytiladi.
TA ishlab chiqarishni rejalashtirish va uchyotga olishda asosiy birlik bo’lib
hisoblanadi. Amallarga asoslanib, mahsulot (buyum) ishlab chiqarishning ish
hajmi, vaqt me’yori va narxi belgilanib, kerakli sonda ishchilar, jihoz-uskunalar,
moslamalar, keskich va o’lchagich asboblar hamda mexanik ishlov berishning
tannarxi aniqlanadi. Shu bilan birga ishlab chiqarishning kalendar rejasi hamda
sifatni nazorat qilish va ishni bajarish muddati ishlab chiqiladi.
Texnologik amallardan tashqari yordamchi amallar (transport, nazorat,
tamg’alash, qirindilarni tozalash va boshq.) o’lcham va sifatni o’zgartirmaydi,
ammo TA ni bajarish uchun zarur hisoblanadi.
Texnologik o’tish – ishlov berishdan yoki yig’iluvchi detallarni
birlashtirishdan tashkil topuvchi, qo’llanilgan asbob va yuzalarning doimiyligini
xarakterlovchi texnologik amalning tugallangan qismiga tushuniladi. Odatdagi
metall kesuvchi dastgohlarda tehnologik o’tishlarni dastgohlarning o’zgarmas ish
rejimida bajariladi. Ishlov berish vaqtida tanavorga bitta tehnologik o’tishning
ichida dastgohning ish rejimining avtomatik ravishda o’zgarishini, TA, raqamli
dastur bilan jihozriladigan dastgohlarda ishlov berishda amalga oshirilishiga
tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: