O’zbekiston resublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 333,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix16.05.2023
ölçüsü333,98 Kb.
#126975
növüReferat
1   2   3   4
Texnologik mashinalar va jihozlar

 Yordamchi o’tish – texnologik amalning tugallangan qismi bo’lib, ishchi va 
dastgoh harakatlaridan tashkil topib, binobarin, sirtlarning shakli, o’lchamlari va 
Texnologik amal (TA) deb, bitta ishchi joyda uzluksiz 
bajariluvchi texnologik jarayonning tugallangan qismiga aytiladi. 
(GOST 14.30183)  


sifati o’zgarishi bilan bog’liq bo’lmay, ammo texnologik o’tish uchun zarur 
bo’lgan harakatlarga tushuniladi. 
Masalan: tanavorlarni o’rnatish, keskich asboblarni almashtirish va h. k. lar 
kiradi. 
Ishchi yurish – texnologik o’tishning tugallangan qismi bo’lib, keskich 
asbobning tanavorga nisbatan bir marta siljishidan tashkil topib, tanavorning 
shakli, o’lchamlari, yuzalar tozaligi yoki xossalari o’zgarishiga tushuniladi. 
Yordamchi yurish – texnologik o’tishning tugallangan qismi bo’lib, keskich 
asbobning tanavorga nisbatan bir marta siljishidan tashkil topib tanavorning 
shakli, o’lchamlari, yuzalar tozaligi yoki xossalari o’zgarishi kuzatilmasdan, lekin 
ishchi yurishni bajarish uchun zarur bo’lgan harakatga tushuniladi. Buni salt 
yurishlar desa ham bo’ladi. 
O’rnatish – texnologik amalning qismi bo’lib, ishlov beriluvchi tanavorlar 
yoki yig’iluvchi yig’ilma birliklarning moslamaga o’zgarishsiz mahkamlangan 
holatiga tushuniladi. 
Texnologik amallar, bir yoki bir necha o’rnatuvlarda bajarilishi mumkin. 
Masalan: tokarlik dastgohida po’lat valikni uch quloqli patronga o’rnatib 
bitta tarafiga ishlov berib bo’lgandan keyin uni bo’shatib, birinchi ishlov berilgan 
tomoni bilan uch quloqli patronga qaytadan o’rnatib, ikkinchi tomoniga ishlov 
berilib, TA tugatilsa, TA ikkita o’rnatuvda bajarilgan hisoblanadi va h.k. Yo’ni, 
TA bitta, ikkita va birnecha o’rnatuvlarda bajarilishi mumkin.
Ishchi joyMehnat predmetlari joylashgan korxona strukturasining 
elementar bo’lagi (u erda ishni bajaruvchilar, ular tomonidan ishlatiluvchi 
texnologik asbob-uskunalar, konveyerning qismi, vaqtinchalik uskunalar, yuk 
ko’taruvchi kranlar joylashtiriladi), 1.1rasmga qarang (GOST 14.00483). 


1.1-rasm. Ishchi joy sxemasi: a)- tokarni; b)- chilangarni. 1-dastgoh (verstak), 2-asbob-
uskuna shkafi, 3- ishchi, 4- tahta panjara, 5- stol, 6-yashik, 7-shkaf, 8-kran. 

Yüklə 333,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin