Holat (pozitsiya) deb, – moslamaga o’zgarishsiz mahkamlangan ishlov
beriluvchi tanavor yoki yig’iluvchi yig’ma birlikning moslama bilan birgalikda,
keskich asbobga yoki dastgohning biron qo’zg’olmas qismiga nisbatan egallagan,
o’rniga aytiladi. Holat asosan: to’xtab–to’xtab aylanuvchi holatli stollarda (agregat
dastgohlarida): chiziqli yoki aylanma harakatlanuvchi konveyerlarda (avtomatik
liniyalar, MIT, MIU, MAL va MAI) kuzatiladi. Masalan: bironta oddiy vtulka
shaklidagi detal ichki teshigiga to’rt holatli agregat dastgohida ishlov berish kerak
bo’lsin (1.2 – rasm).
1.2- rasm. 4 holatli agregat dastgohi: 1 holat- tanavorni o’rnatish
va tushirish. 2 holat-parmalash, 3 holat-zenkerlash, 4 holat-razvertkalash
Harakat (priyom) – texnologik o’tuv yoki uning qismini bajarishda, bir
maqsadga birlashtirilgan tugallangan ishchi harakatlarining yig’indisi. Masalan,
tanavorni moslamaga o’rnatib va tushirib, yordamchi o’tishni bajarishda ketma-ket
quyidagi harakatlarni bajarish kerak bo’ladi: yashikdan tanavor olinsin, moslamaga
o’rnatilsin va mahkamlansin, dastgoh ishga tushirilsin. Dastgoh to’xtatilsin,
tanavor moslamadan bo’shatilsin va jihoz yashikka solib qo’yilsin va hokazo.
Xulosa: Mamlakatimiz iqtisodiyotida tub o’zgarishlar amalga oshirilishi,
respublika iqtisodiyoti asosan xom ashyo yo’nalishidan raqobatbardosh mahsulot
ishlab chiqarish yo’liga izchil o’tayotganligi, mamlakat eksport salohiyati
kengayayotganligi ishlab chiqarishning har bir sohasi oldiga yangi vazifalarni
qo’ydi. Jumladan, mashinasozlik sanoatini rivojlantirish, xalqimizni yuqori sifatli,
mashinalar va buyumlar bilan ta’minlash mashinasozlik sanoati xodimlari oldida
turgan muhim vazifalardandir.Mashinasozlikda ishlab chiqarish va texnologik
jarayonlar, ularning tarkibiy tuzilishi va asosiy tushunchalari haqida nazariy,
amaliy va tajribaviy bilimlarni shakllantirish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Alikulov D.E., Holiqberdiev T.U., Satarxanov A.I. Mashinasozlik
texnologiyasi kursidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy qo’llanma (I-
II qism). T.: ToshDTU, 2007, 85 b.
2. Базров Б.М. Основы технологии машиностроeния, М.: Машино-
строение, 2007, -736 с. илл.
3. Базров Б.М. Модульная технология в машиностроении.-М.: Машино-
строение, 2001,- 368 с., илл.
Dostları ilə paylaş: |