O’zbekiston tarixi fanidan Uyga vazifasi. 1–mavzu: ahamoniylar va aleksandr makedonskiyning o’rta osiyoga bostirib kirishi, hukmronligi


Hududlar kesimida O’rta Osiyoda A.Makedonskiy tomonidan qurilgan shaharlarni ko’rsatib bering



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə7/11
tarix31.03.2022
ölçüsü1,93 Mb.
#115072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O’zbekiston tarixi fanidan Uyga vazifasi. 1–mavzu ahamoniylar v

12. Hududlar kesimida O’rta Osiyoda A.Makedonskiy tomonidan qurilgan shaharlarni ko’rsatib bering.



Aleksandr Sharqni bosib olgan sharoitda butun Sharqda yunonlar tomonidan yunoncha an’analar asosida ko‘plab shaharlar, qal’alar va istehkomlar qurilgan. Bu ishni Aleksandrning o‘zi boshlab bergan – u egallagan yerlarni qo‘riqlash, bu yerga yunonlarni joylashtirish uchun qal’alar va shaharlar qura boshlagan. Jumladan, Sirdaryo bo‘yida fors podshosi Kir II (miloddan avvalgi 559–530-yillarda hukm surgan) tomonidan qurilgan Kiresxata qal’asini qayta tiklab, Aleksandriya Esxata deb nomlagani aytiladi (bu qal’a hozirgi Xo‘jand shahri o‘rnida bo‘lgani taxmin qilinadi). Shuningdek, Makedonskiydan so‘ng hokimiyatga kelgan ko‘plab yunon sulolalaridan biri – Selevkidlar vakili Antiox I (miloddan avvalgi 324–261-yillar) Amudaryo bo‘yida Antioxiya Tarmita shahrini qurgan – uning xarobalari Eski Termiz deb nomlanadi. Aleksandr Makedonskiy Amudaryo bo‘yida Oks Aleksandriyasi nomli shahar (yoki qal’a) qurdirgani aytiladi.Oks Aleksandriyasi keyinchalik Antiox I tomonidan qayta qurilib, Antioxiya Tarmita deb nomlangan, ya’ni bu ikkisi bir shahardir. Agar bu taxmin rost bo‘lsa, uning xarobalari Eski Termiz yodgorligida joylashgan (Termiz shahri yaqinida);


Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin