O’zbekiston tarixi fanidan Uyga vazifasi. 1–mavzu: ahamoniylar va aleksandr makedonskiyning o’rta osiyoga bostirib kirishi, hukmronligi


“Qanday” organayzeri asosida A.Makedonskiy harbiy yurishlarini yoritib bering



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə8/11
tarix31.03.2022
ölçüsü1,93 Mb.
#115072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O’zbekiston tarixi fanidan Uyga vazifasi. 1–mavzu ahamoniylar v

13. “Qanday” organayzeri asosida A.Makedonskiy harbiy yurishlarini yoritib bering.

Eramizdan avvalgi 336 yilda shoh Filipp halok bo’ladi va uning o’g’li Iskandar Makedoniya hukmdori, deb e’lon qilinadi.



Taxtga o’tirishi bilanoq Iskandar birinchi navbatda otasining o’limiga sababchi bo’lgan dushmanlarni yo’q qiladi va soliqlarni bekor qiladi. So’ngra ikki yil davomida mamlakat shimolidagi frak qabilalarining bosqinchiliklarini so’ndirib, Gretsiyada Makedoniya hukmronligini o’rnatadi. Keyinchalik Iskandar butun Elladani birlashtirib, otasi Filipp bir umr orzu qilgan Eronni zabt etish uchun buyuk yurushni boshlaydi. 



Aynan ana shu yurushda eronliklar bilan bo’lib o’tgan janglarda Makedoniyalik Iskandarning ajoyib harbiy mahorati namoyon bo’ldi. Eramizdan avvalgi 334 yilda Granik daryosi bo’yidagi jangdan so’ng deyarli butun Kichik Osiyo makedoniyaliklarning qo’liga o’tadi. Iskandar esa buyuk sarkarda va jahongir nomini oladi. Buyuk Iskandarning dovrug’ini eshitgan mamlakatlar jangsiz uning qo’shiniga taslim bo’ldilar. Sarkarda hech bir qiyinchiliksiz Siriya, Finikiya, Falastin, Kariya va Yaqin Sharqning boshqa davlatlarini ishg’ol qildi. So’ngra u Misrga yurishini boshladi. U yerda ham uni iloh sifatida ochiq yuz bilan kutib oldilar. Misrda sarkarda yana bir shaharni o’z nomi bilan atab, unga Iskandariya nomini berdi. Iskandar Eronga qaytib kelib, Suzu, Persepol hamda Vavilonni zabt etadi va Vavilonni buyuk davlatining poytaxti qilib o’zgartiradi. 329 yilda Eron shohi Doro ayonlari tomonidan o’ldiriladi, bu vaziyatda ham Iskandar o’zini aqlli taktik va strateg sifatida ko’rsatadi. U Eron saltanatining qulashida zabt etuvchilar emas, ichki dushmanlar aybdorligini aytib, shoh Doro uchun ulardan qasos olishini e’lon qiladi. Asta-sekinlik bilan Iskandar Osiyo hukmdoriga aylanib bordi. U ikki yil davomida hozirgi Afg’aniston, Tojikiston va O’zbekiston hududlarini o’z ichiga olgan Sug’diyona va Baqtriyani zabt etdi. Eramizdan avvalgi 326 yilda Iskandar Buyuk Hindistonga yurushini boshlaydi. Bu yurushi davomida u bir necha qabilalarni qo’lga olib, hozirgi Pokiston hududini ishg’ol qilishga ulguradi.



 Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Iskandar Buyuk eramizdan avvalgi 323 yil 10 iyun kuni 33 yoshida vafot etdi.


Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin