14. Ahamoniylar va A.Makedonskiy hukmronligining O’rta Osiyo xalqlari hayotiga ta’sirini pedtexnologiyalar yordami bilan ochib bering.
AHAMONIYLAR DAVRIDA
Doro I ga qarshi ko`tarilgan Marg`iyonadagi qo`zqolon O’rta Osiyo viloyatlarida yagona qo`zg`olon emasdi. Bunday qo`zg`olon Parfiyada ham ko`tarilgan. Bu qo`zg`olon miloddan avvalgi 521 yilning yozigacha davom etgan edi. Doro I davrida Ahamoniylarga qarshi erk va ozodlik uchun saklar ham bosh ko`targanlar. Buni biz Bixustun yozuvlarida ochiq ko`ramiz. Bu ko`tarilgan qo`zg`olonlar Doro I ni bir qator isloxotlar o`tkazishga majbur qilgan. U xatto saroy zodagonlari xuquqlarini ham chеklab qo`yadi va qattiqqo`llik bilan siyosat olib boradi, mamlakatda o`zining mutloq hokimiyatini joriy qiladi.
Doro I Gerodot ma'lumotlariga qaraganda mamlakatni satrapliklarga bo`lib idora qilgan. Satraplik tеpasida hokim-satrap to`rgan. U chеklanmagan hokimiyatga ega bo`lgan. Uning ixtiyorida harbiy va fuharolik hokimiyati markazlashgan edi. Odatda, satraplar faqat Ahamoniylar oilasiga mansub forslardan tayinlangan. Ularning faoliyatini doimo nazorat etib turish maqsadida maxsus amaldor-ayg`oqchilar qo`yilgan. O’rta Osiyo hududi Ahamoniylar tomonidan Baqtriya va Marg`iyona bilan birga hisoblaganda 12 satraplikka bo`linib idora qilingan.
Bu satrapliklar podsho xazinasiga har yili 360 talant2 jarima to`lagan. Parfiya, Xorazm, So`g`d va Arеya birgalikda 16 satraplikdan iborat bo`lib 300 talant, saklar va kaspiylar esa 15 satraplik bo`lib, ular har yili Doro I xazinasiga 250 talan jarima soliq to`laganlar. O’rta Osiyo xalqlari miloddan avvalgi VI—IV asrlarda, ya'ni qariyb 200 yil mobaynida Eron Ahamoniylari hukmronligi ostida yashadilar.
Ular doimo erk va ozodlikka intilib ko`rashdilar. Faqat miloddan avvalgi IV asrlarga kеlib Ahamoniylarning markaziy hokimiyati kuchsizlana boshlagach, zulm asoratida bo`lgan xalqlar o`z mustaqilliklariga erishish imkoniyatiga ega bo`ldilar. O’rta Osiyoda o`z mustaqilligiga birinchilar qatorida Xorazm vohasi erishdi.
Dostları ilə paylaş: |