121
ustiga yurish Amir Temurning to‘satdan
vafot etib qolishi
(1405-yil 18-fevral)
tufayli amalga oshmay qoldi.
“Temur tuzuklari”.
Amir Temur hayotlik davridayoq uning
harbiy san’ati va davlat boshqarish uslubiga bag‘ishlangan
maxsus
asar yaratilib, u
“Temur tuzuklari”
nomi ostida shuhrat
topadi. Unda davlatni boshqarishda
kimlarga tayanish, toj-u
taxt egalari faoliyatining tartibi –
tutumi va vazifalari,vazir va
qo‘shin boshliqlarini tayinlash tartiblari belgilab berilgan. Amir
Temurning
“... davlat ishlarining to‘qqiz ulushini kengash,
tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga
oshirdim”, “Kuch – adolatdadur”
degan so‘zlari uning mam-
lakatni aql-zakovat va adolat bilan boshqarganligidan guvohlik
beradi.
Shunday qilib, Sohibqiron Amir
Temur davlatni boshqarish
va harbiy sohada o‘ziga xos usul yaratib, shu
asosda barpo
qilgan davlati bilan dunyoni lol qoldirdi.
1.
Ayting-chi, Amir Temur saltanati qanday boshqarilgan?
2.
Amir Temur davlatidagi uluslarning asosiy xususiyati nimadan
iborat bo‘lgan?
3.
Suyurg‘ol
yerlar kimlarga, nima uchun berilgan?
4.
Ayting-chi, Amir Temur qo‘shini qanday tartibda tuzilgan?
Chin gizxon qo‘shinidan nimasi bilan farq qilgan?
5.
Amir Temur qanday usulda jangga kirgan?
6.
“Temur tuzuklari”da nimalar bayon etilgan?
Quyidagi jadvalni Amir Temur saltanatida davlat boshqaruvi
mavzusiga oid ma’lumotlat bilan to‘ldiring.
Davlat
boshqaruvi
Dostları ilə paylaş: