O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/175
tarix13.11.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#132428
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov) (1)

Uluslar
Qo‘shin 
tuzilishi
Jangga kirish 
usuli


122
34-§. AMIR TEMURNING TASHQI SIyOSATI
Tayanch tushunchalar: Sharq va Garb mamlakatlari bilan 
munosabatlar, 
diplomatik aloqalar, elchilar tashrifi, Buyuk Ipak 
yo‘lida savdo munosabatlari.
Tashqi siyosat. 
Amir Temur davlati bilan Vizantiya, Tur-
kiya, Hindiston, Ispaniya, Fransiya, Angliya, Oltin O‘rda, 
Mo‘guliston, Xitoy kabi davlatlar iqtisodiy, siyosiy va 
madaniy aloqalar o‘rnatdilar. Amir Temur davlatining tashqi 
siyosati o‘z oldiga mamlakat xavfsizligini ta’minlash; qo‘shni 
mamlakatlarda o‘z ta’sirini mustahkamlash; Turkiya, Hindiston, 
Xitoy, Venetsiya, Ispaniya, Fransiya va Angliya bilan iqtisodiy
elchilik, madaniy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish kabi 
vazifalarni qo‘ygan. 
XIV asr oxirlari
da vujudga kelgan muayyan xalqaro 
vaziyat tufayli Amir Temur davlati, Turkiya, Misr va Oltin 
O‘rda eng qudratli davlatlar sifatida siyosiy maydonga chiqdi. 
Bu davrda Amir Temurga Mo‘g‘uliston, Oltin O‘rda va Misr 
bilan ittifoqdagi Usmoniylar Turkiyasi qarama-qarshi turardilar. 
Mo‘g‘uliston
bilan munosabatlar.
Movarounnahr mo‘g‘ul-
lar istibdodidan xalos etilib, mamlakatda Amir Temur hoki-
miyati o‘rnatildi, lekin uning sarhadlari hali tinch emas edi. 
Mo‘g‘ulistonda ulus beklarining isyonlari va ularning Toshkent 
viloyati bilan Farg‘ona vodiysiga talonchilik xurujlari ro‘y 
berib turardi. Shimol tarafda Oq O‘rdada Jo‘ji ulusining toj-
taxti uchun kurash kuchaygan, ularning Xorazm hukmdorlari 
bilan qo‘shilib, Buxoro, Chorjo‘y va Qarshi ustiga qilgan 
talonchilik yurishlari davom etardi. 
Bularni bartaraf qilmay turib, Amir Temur o‘z davlatining 
xavf sizligini ta’minlay olmas edi. Manbalarning guvohlik beri-
shicha, Amir Temur bu masalani muzokaralar yo‘li bilan hal 
qilishga urindi. Lekin foydasi bo‘lmadi. Uni qurol vositasi bilan 
hal qilishga majbur bo‘ldi. Amir Temur 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin