O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


-yil da To‘xtamishxonga,  1402-yil



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/175
tarix13.11.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#132428
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov) (1)

1395-yil
da To‘xtamishxonga, 
1402-yil
da Yildirim 
Boyazidga qaqshatqich zarbalar berdi. 
Xitoy va Hindiston bilan munosabatlar.
Sharqning eng 
katta davlatlaridan Xitoy bilan munosabatlar Amir Temur 
davrida bir qadar jiddiylashib qolgan edi. Bunga Xitoy 
hukmdorlarining ulug‘ davlatchilik siyosati sabab bo‘lgandi. 
Min imperatorlari Xitoyga qo‘shni bo‘lgan mamlakatlarni 
Xitoyga qaram mamlakatlar deb hisoblar edilar. Amir Temur-
ning elchilari va savdogarlari olib borgan sovg‘a-salomlarni 


124
esa o‘lpon deb atar edilar. Temur ham Xitoy elchilari bilan 
shunga yarasha munosabatda bo‘ldi. 
Klavixo
ning ma’lumot-
lariga qaraganda, 
1404-yil
da Samarqandga kelgan Xitoy 
imperatorining elchilarini boshqa mamlakat elchilaridan 
yuqo 
riga o‘tqazib qo‘yilgan ekan. Yuqoridagi aytilganlardan 
kelib chiqib Amir Temur buyrug‘iga ko‘ra ular ham boshqa 
mamlakat elchilari qatoridan o‘ziga yarasha joyga o‘tqazilgan.
Xalqaro siyosiy vaziyat.
 
Sohibqiron Amir Temur jahon 
siyo siy hayotiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Ma’lumki, bu davrda, bir 
tomondan, Sulton Boyazidning Bolqon yarimoroli davlatlariga 
nisbatan tazyiqi kuchayib, butun Yevropaga xavf solayotgan 
edi. Ikkinchi tomondan, Boyazidning o‘zi G‘arbga tomon 
shiddat bilan siljib borayotgan xavfli raqib – Amir Temurning 
kuchli tazyiqiga duchor bo‘lgan edi. Bunday siyosiy vaziyatda 
Boyazidga qarshi kuchlarning ma’lum darajada birlashuvi 
tabiiy edi.
Avvalambor Boyaziddan yengilib, o‘z yer va mulklaridan 
mahrum bo‘lgan Kichik Osiyo mamlakatlarining hukmdorlari 
Amir Temurdan madad istab, uning Qorabog‘dagi o‘rdagohiga 
borib, qaror topadilar. Hatto Vizantiya va G‘alatadagi Genuya 
hokimining noibi, Fransiya qiroli hamda Sultoniya shahrining 
katolik missionerlari yordam so‘rab Amir Temurga murojaat 
qiladilar. Buning evaziga ular harbiy yurish vaqtida unga 
yordam berish hamda Konstantinopol va Peraning Boyazidga 
to‘lab kelgan bojini bundan buyon Amir Temurga to‘lashga 
va’da qiladilar. Bunday taklif Amir Temurga ma’qul tushadi. 
Chunki Turkiyani dengiz sohilidagi tayanchidan ajratish uchun 
unga dengizdan madad zarur edi. Shunday qilib, XIV asr oxiri 
va XV asr boshlarida sulton Boyazidga zarba berish uchun 
qulay siyosiy vaziyat vujudga keladi. Bu vaziyatdan Amir 
Temur ustalik bilan foydalanadi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin