VII asrning birinchi choragi da G‘arbiy xoqonlik nihoyatda
kuchaygan. Uning sharqiy chegarasi Oltoyga, janubda esa
Sind (Hind) daryosi bo‘ylariga borib yetgan. G‘arbiy xoqonlik
o‘ziga qaram viloyatlarni boshqarishda mahalliy sulolalarni
saqlab qolgan. Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim o‘lka
-
larda esa xo qon xonadoniga tegishli mansabdorlar tayinlangan.
Xoqon
To‘ng yabg‘u (618–630) hukmronlik qilgan davrda
boshqaruv tartiblari isloh qilingan. Islohotga ko‘ra, mahalliy
hukmdorlarga xoqon likning
“yabg‘u” unvoni berilib, ular xo-
qon ning noibiga (vakiliga) aylanadilar.
Shu bilan birga O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Toxa-
ristonning deyarli mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy nazorat
kuchay tiriladi. Ular huzuriga xoqonlikning noiblari –
tudunlar yubo riladi. Biroq ichki kurash oqibatida G‘arbiy turk xoqonligi
zaifl ashib boradi.
Ijtimoiy hayot .
G‘arbiy turk xoqonligiga birlashgan aholi-
ning ha yoti va xo‘jaligi turlicha bo‘lgan. Xoqonlik o‘troq va
ko‘chmanchi aholiga bo‘lingan. Ko‘chmanchilarning aso
siy
mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan. Aholining o‘troq qismi ma-
daniy jihatdan ilg‘or bo‘lib, xoqonlikning ijtimoiy va iqtiso diy
turmushida yetakchi ahamiyat kasb etgan.
Xoqonlikda shaharlar va qishloqlar ko‘p bo‘lgan. Aholisi
deh
qonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari bilan
shu g‘ul lanardi. Hunarmandlar yasagan zeb-ziynatlar va qu -
rol -yarog‘lar xilma-xilligi va nihoyatda puxtaligi bilan ajra lib
turardi.
18
Ichki va tashqi savdo-sotiq ishlari shahar aholisining aso -
siy mashg‘ulotlaridan biri bo‘lgan. Bu sohada ayniqsa
Sug‘d sav do garlarining mavqeyi baland edi.
G‘arbiy turk xoqonligi bi lan Xitoy o‘rtasida