66
shunday vaziyatda u jangari mo‘g‘ul qabilalarining Chingizxon
boshliq bosqiniga duchor bo‘ldi.
1.
Jahon tarixidan olgan bilimlaringizga asoslanib Mo‘g‘ullar
davlati qanday vujudga keldi? Chingizxon qaysi qo‘shni
davlatlarni bosib oldi?
2.
Chingizxon va Xorazmshohning elchilik aloqalaridan tub
maqsadlari nima edi?
3.
Chingizxon va Xorazmshoh aloqalari nima uchun keskinlashdi?
Bu munosabatlar keskinlashmasligi mum kinmidi?
4.
Qanday sabablar Xorazmshohlar
davlatini siyosiy inqirozga
olib keldi?
5.
Xorazmshoh xalqning hamjihatligini ta’minlash uchun qanday
ishlarni amalga oshirish kerak edi?
Quyidagi jadvalni darslik matnidan foydalanib ular haqida
ma’lumotlar bilan to‘ldiring.
Sulton Muhammad
Xorazmshoh
Mahmud yalavoch
Chingizxon
G‘oyirxon
Bahouddin Roziy
Ibn Kafroj Bug‘ro
20-§. MUHAMMAD XORAZMSHOHNING
MAMLAKAT MUDOFAASIGA OID TADBIRLARI VA
UNING OQIBATI
Tayanch tushunchalar: mudofaa rejasi, O‘tror qamali, Buxoro va
Samarqandning egallanishi, Temur Malik jasorati, Urganch qamali,
Najmiddin Kubro jasorati.
Xorazmshohning mudofaa rejasi.
Chingizxon
Movaroun-
nahr yurishiga katta ahamiyat berib, puxta tayyorgarlik ko‘rgan
edi. Hali harbiy yurish boshlanmasdanoq u o‘z dushmanining
kuch-qudrati va urushga tayyorgarligi to‘g‘risida savdogarlar
orqali to‘plagan ma’lumotlarni sinchiklab o‘rgangan.
Dostları ilə paylaş: