O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


Kebek  (1318–1326) edi. U  hokimiyatni bevosita o‘z qo‘liga olib, Qashqadaryo vohasidagi  qadimgi  Nasaf



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/175
tarix13.11.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#132428
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov) (1)

Kebek 
(1318–1326) edi. U 
hokimiyatni bevosita o‘z qo‘liga olib, Qashqadaryo vohasidagi 
qadimgi 
Nasaf
shahri yonida o‘ziga saroy qurdiradi. Saroy 
mo‘g‘ul tilida 
“Qarshi” 
deb yuritiladi. 
Kebekxon
o‘z 
qarorgohini mo‘g‘ul hukmdorlari orasida birinchi bo‘lib 
Movarounnahrga ko‘chiradi. U shu saroyda turib mamlakatni 
idora qiladi. Keyinchalik saroy atrofida yangi binolar qad 
ko‘taradi va eski 
Nasaf 
shahri bilan qo‘shilib ketadi. Shundan 
e’tiboran bu shahar 
Qarshi 
deb atala boshlanadi.
Kebek
davlatni idora etish tuzilishini va uning iqtisodiy 
hayotini tartibga solish maqsadida ma’muriy va pul islohoti 
o‘tkazadi. Mamlakatda yagona pul joriy qilinadi. erondagi 
Xulokiylar davlati va Oltin O‘rda xonligining kumush 
tangalari namunasida ikki xil pul: og‘irligi 8 grammlik katta 
kumush tanga va 1 grammlik kichik tanga zarb etilgan. Katta 
tanga 
“dinor”
, kichigi 
“dirham” 
deb atalgan. 
“Kepaki” 
deb 
nom olgan bu tangalar Samarqand va Buxoroda zarb etilib
muomalaga chiqarilgan.
Iqtisodiy hayotning jonlanishi.
Mo‘g‘ullar istilosi davrida 
xarob bo‘lgan hunarmandchilik, savdo-sotiq va dehqonchilik 
asta-sekin tiklana boshlaydi. Hunarmandchilik va ichki-tashqi 
savdoning jonlanishi, shubhasiz, xarob bo‘lgan shaharlarning 
qayta tiklanishiga sabab bo‘ladi. Garchi hali ko‘pgina shahar 
va viloyatlar xaroba va yarim xaroba holida yotgan bo‘lsa-
da, 
Urganch 
va 
Buxoro 
shaharlari qayta tiklanadi. Qadimgi 
Samarqand
vayronalari yonginasida yangitdan shahar qad 
ko‘taradi. Shaharlarda turli xil davlat, jamoat va ma’rifat 
binolari qurildi. Shahar bozorlari gavjumlashadi.


87

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin