O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/175
tarix13.11.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#132428
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov) (1)

“Qovunchi madaniyati” 
nomini olgan. 
Antropolog olimlarning ta’kidlashlaricha, aynan shu davrlarga 
kelib, O‘rta Osiyoning vodiy va vohalarida yashovchi aholi 
tashqi qiyofalarida hozirgi o‘zbek va voha tojiklariga xos 
antropologik qiyofasi to‘liq shakllanadi.
O‘zbeklar etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik guruh-
lar – 
kushonlar, xioniylar, kidariylar 
va 
eftallardir
.
Shuningdek, o‘zbeklar etnogeneziga Turk xoqonligi davrida 
O‘rta Osiyoning markaziy mintaqalari va Xorazmga kelib 
o‘t 
roq 
lashgan turkiy qabilalar faol ta’sir ko‘rsatadi. Turkiy 
elat 
lar va mahalliy o‘troq aholi o‘rtasidagi etnik-madaniy 
mu 
no 
sabatlarning rivoji natijasida turkiy qatlam madaniy 
yutuqlarining mahalliy madaniy-xo‘jalik an’analar bilan ja-
dal uyg‘unlashuvi yuz berdi. 
VII asr
dan boshlab o‘lkamiz 
“Turkiston”
nomi bilan atala boshlagan. 
O‘zbek xalqining tashkil topishi.
 
VIII asr
dan arab va 
ajam xalqlarining O‘rta Osiyoga kirib kelishi mintaqadagi 
etnik jarayonlarga katta ta’sir etmagan bo‘lsa-da, bu davrda 
* Etnik jarayon – kelib chiqishi bir-biriga yaqin 
bo‘lgan turli qabila va elatlarning asrlar davomida 
qo‘shilib borishi
* O‘zbek xalqining asosini sug‘diylar, baqtriylar, xoraz-
miylar, farg‘onaliklar, shoshliklar va sak-massagetlar 
tashkil etgan

Qang‘ davlati davrida
 “Qovunchi madaniyati” va 
O‘rta Osiyoning antropologik qiyofasi to‘liq shakl-
lanadi
* Turkiston – turkiy aholi o‘rnashgan o‘lka


90
Movarounnahrdagi o‘troq va yarim o‘troq turkiyzabon aholi, 
sug‘diylar va Xorazmning tub yerli aholisi o‘z hududlarida 
qolib, arablar hukmronligi ostida yagona islomiy e’tiqod birligi 
uyg‘unlashdi.
IX asr
da Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qat-
lam, turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va o‘z navbatida 
sug‘ 
diylar va boshqa mahalliy etnoslarda ham turkiylashish 
ja ra yoni jadallashgan. Bu davrda Movarounnahr va Xorazmda 
tur kiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega bo‘lib, bu qatlam 
aso 
sining ko‘pchiligini o‘troqlashgan turkiy etnoslar tashkil 
qilgan.
Qoraxoniylar davrida Movarounnahr va Xorazmda siyosiy 
hokimiyat turkiy sulolalarga o‘tishi munosabati bilan sodir 
bo‘lgan etnik jarayon o‘zbek xalqining shakllanishida yakuniy 
bosqich bo‘ldi. Aynan mazkur davrda o‘zbek xalqiga xos etnik 
omillar shakllangan. Bu davrda o‘zbeklarning umumelat tili 
qaror topdi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin