davomida chet el hukmronligidan tinkasi qurigan mamlakatning, xalqning mustaqillikka erishish talabi edi. Bu tarixiy zaruriyat Temurda, uning lashkarboshilarida ravshan ko‘rindi, Temur davlat arbobi sifatida ma’lum darajada bu ehtiyojni, talabni, zaruriyatni o‘zida aks ettirdi, ya’ni Movarounnahrda mustaqil markaziy birlashgan davlat tuzdi, mamlakat ehtiyojlariga javob berdi. I.M.Mo‘minov Mustaqillik yillarida Amir Temur xotirasining tiklanishi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng O‘zbekistonning
Birinchi Prezidenti
Islom Karimov sa’y-harakati bilan Amir
Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni o‘z joyiga qo‘yila
bosh
landi. O‘zbekistonda uning faoliyatini o‘rganishga va
uni ommalashtirishga keng yo‘l ochildi. Amir Temurning
nomi O‘zbekistonda abadiylashtirildi. Ko‘plab shahar va
qishloqlardagi shohko‘chalar, maydonlar, jamoa xo‘jaliklari,
maktablar, kinoteatrlar va boshqalar uning nomi bilan ataldi.
Islom Karimov tashabbusi va rahnomaligida Toshkent,
Samar
qand, Shahrisabz va boshqa shaharlarning markaziy
may
donlarida Amir Temurga haykal o‘rnatildi.
1995-yil da
Xal qaro Amir Temur jamg‘armasi tashkil qilindi.
1996-yil da
Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida
Temuriylar davri muzeyi barpo etildi, “
Amir Temur ” ordeni ta’sis etildi.
2017-yil 30-iyun da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining
IV qurultoyida so‘zlagan nutqi davomida yoshlarga harbiy
ta’lim-tarbiya beradigan kursantlar maktablariga “
Temurbeklar maktabi ” deb nom berish taklifini ilgari surdi va ushbu taklif
yoshlar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.