Ulug‘bek ka qarshi kurashga undaydi. Shunday
qilib,
Abdullatif o‘z otasiga qarshi ochiqdan ochiq dushmanlik
yo‘liga o‘tadi.
Ulug‘bek fojiasi. Davlatning yaxlitligini saqlab qolmoq
uchun
Ulug‘bek da o‘zining isyonkor va makkor o‘g‘liga qarshi
yurish qilishdan boshqa iloji qolmaydi. Ammo mamlakatda
siyo
siy vaziyat keskinlashib,
Ulug‘bek ning ahvolini yanada
mushkullashtiradi.
Hirotdan Samarqandga qaytar ekan,
Ulug‘bek old tomondan
Dashti Qipchoq ko‘chmanchilarining hujumiga duchor bo‘ladi.
Abulxayrxon boshchiligidagi ko‘chmanchilar o‘shanda Tosh-
kent, Shohruxiya, Samarqand va Buxoro tevaragidagi qish-
loqlarni talab, podshoh va yirik mansabdorlarning shahar
atrofidagi chorbog‘lari va ko‘shklarini vayron qiladilar. Ikki
taraf dan kelgan dushmanlar bilan bo‘lgan to‘qnashuvlar oqi-
batida
Ulug‘bek qo‘shini qattiq shikast topib, zaiflashib qoladi.
Shu vaqtda Samarqandda vaqtinchalik noib qilib qoldirilgan
Ulug‘bek ning kichik o‘g‘li
Abdulaziz ga qarshi Samarqand
amirlarining noroziligi kuchayib,
Ulug‘bek uni bartaraf qilishga
majbur bo‘ladi.
Otasining qiyin ahvolda qolganini kuzatib turgan
Abdullatif qulay fursatdan foydalanib, bosh ko‘taradi va Amudaryodan ke-
chib o‘tib, Termiz, Shahrisabz va Xuzorni osongina zabt etadi.
So‘ng
ra Samarqandga qarab yo‘l oladi.
1449-yil oktabr da
Damashq qishlog‘i yaqinida qattiq jang bo‘ladi va bu jangda
Ulug‘bek yengiladi, Samarqand amiri
Mironshoh Qavchin shahar darvozalarini berkittirib