19
Quyidagi jadvalni G‘arbiy turk xoqonligiga oid
ma’lumotlar bilan to‘ldiring.
Boshqaruvi
Ijtimoiy hayoti
Kashovarzlar ahvoli
7-§. MAHALLIy HOKIMLIKLARNING
TASHKIL TOPISHI
Tayanch tushunchalar: Mahalliy hokimlar, Sug‘d ixshidlari,
Toxariston, Farg‘ona, Choch, Eloq, Shahar me’morchiligi.
Mahalliy hokimliklar.
V–VII asrlar
da mamlakat
15 dan
ortiq
hokimliklarga bo‘linib ketgan edi. Bu viloyat hokimliklari
avval eftallar, so‘ngra Turk xoqonligiga bo‘ysundirilgan bo‘lsa-
da, ammo eftallar ham, turk xoqonlari ham ularning ichki
hayotiga deyarli aralashmaganlar.
Markaziy hokimiyatga boj
to‘lab turish bilan ular o‘z mustaqilliklarini ma’lum darajada
saqlab qoladilar.
Sug‘d.
Mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi
Sug‘d ix-
shidlari
– voha hukmdorlari edi. O‘rta
asr davlatlari birlashmasi
ittifoqida
Sug‘d ixshidlari
katta siyosiy nufuzga ega edi.
Mazkur ittifoqda
Zarafshon
va
Qashqadaryo
vodiylarida
joy lashgan
Samar qand
,
Buxoro
,
Kesh
vohalarining
o‘n bitta
yirik mulklari
birlashgan edi. Ularning har biri o‘z hokimi,
harbiy chokarlari va mis puli birligiga ega edi.
Sug‘dda aholi gavjum yashardi. Sug‘diylar
dehqonchilik
va bog‘dorchilik, ayniqsa, uzumchilikda nihoyatda sohibkor
bo‘lgan. Chorvachilikda Sug‘dning hisori qo‘ylari va otlari
juda mash hur edi.
Sug‘d shaharlari bu davrda hunarmandchilik markaziga
aylanadi.
718-yil
da hadya tariqasida Samarqanddan yuborilgan
dubulg‘adan
nusxa olib, Xitoy qurolsozlari qo‘shinni temir
qalpoq (dubulg‘a)lar bilan ta’min etganlar.
Toxariston
.
Hozirgi Janu biy O‘zbe kiston va Janubiy Toji-
kiston, Shimoliy Afg‘onistonni o‘z ichi
g
a
olgan bu tarixiy
viloyat shimolda Hisor tog‘lari, janubda Hin
dikush, g‘arbda
20
Murg‘ob va Xerirud vodiysi, sharqda Po
mir bilan che
ga-
ralangan. Toxariston Balx, Qunduz, Termiz, Chag‘oniyon,
Xut tal va boshqa 27 ta tog‘ va tog‘oldi vilo yatlaridan iborat
bo‘l gan.
Toxariston poytaxti
Balx
shahri bo‘lgan.
Toxariston nomi qadimda Yunon-Baqtriya davlatini qulat-
gan chorvador qabila –
yuechjilar
nomidan olingan. Toxariston
hukmdorlari dastlab
Dostları ilə paylaş: