50
unda ko‘rsatilgan miqdordagi pulni to‘laligicha qaytarib olish
mumkin edi.
Chek
so‘zi forscha termin bo‘lib, o‘sha vaqtda
ham bu so‘z ayni ma’noda ishlatilgan.
Shimoliy yo‘l orqali Janubiy Sibir va Mo‘g‘ulistonga Mova-
rounnahrning shahar va qishloqlaridan bo‘z,
kiyim-kechak,
egar- jabduq, qilich, idishlar,
zargarlik buyumlari, dori-darmon,
quruq meva, kunjut va zig‘ir moyi
va boshqa shu kabi mollar
olib borilgan. Sibirdan turli xildagi qimmatbaho mo‘ynalar,
chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari keltirilgan.
Xitoy bilan bo‘lgan savdoda
choy, ipak mato, tuz
va
ot
aso siy o‘rin da turgan. Itil, Xazar va Bulg‘orga Mova ro unnahr
va Xorazmdan gu ruch,
quruq mevalar, shirinliklar, tuz lan gan
baliq, paxta, shoyi mato lar, movut,
kimxob va gilamlar olib
borib sotilgan. Bulg‘or va Xazardan qimmatbaho mo‘ynalar,
shamlar, cho‘qqi qalpoqlar kel ti rilgan.
Dostları ilə paylaş: