75
Eron va Kavkazdagi g‘alabalar.
Jaloliddin
o‘z qo‘shini
bilan dastlab Kirmon, keyin Sheroz va Isfahonga borib, mahal-
liy
hukmdorlar bilan kelishib, biroz mustahkam kuchga ega
bo‘ladi. Ammo bu yerlar ukasi
G‘iyosiddin
ga tegishli bo‘lganligi
uchun u akasining kelishidan norozi edi.
Jaloliddin
ning ke-
lishi mahalliy aholi
tomonidan yaxshi kutib olingan, chunki
G‘iyosiddin
davrida o‘zboshimchalik va zo‘rovonlik avjiga
chiqqan edi.
Shunday qilib, Kirmon, Fors, Isfahon Xorazmshohga to-
be
ligini izhor etib, umumiy dushman – mo‘g‘ullarga qarshi
kurash istagini bildirishdi.
Jaloliddin
bu
yerlarda birlashgan
davlat tuzishga kirishdi.
Sulton Jaloliddin,
bir tomondan, qudratli davlat tiklana yot-
ganidan,
ikkinchi tomondan, Tabariston, Damashq, Misr hukm-
dorlari u bilan yaxshi munosanbatlar o‘rnatganidan mamnun
edi. endilikda
ular bilan ittifoq tuzib, katta qo‘shin tuzib,
Chingiz
xonga qarshi yurish qilish mumkin edi.
Jaloliddin
bu yurishga umumrahbar bo‘lishni o‘ylab, Bag‘dod xalifasi
Nosir
ga maktub yo‘llaydi. U xalifani umumiy dushman – mo‘-
g‘ullarga qarshi kurashga undaydi.
Ammo o‘sha davrdagi Bag‘dod xalifasi avvalgidek qud-
ratga ega bo‘lmay, xudbin va kaltafahm hukmdor edi.
Xalifa
Islom olamiga ofat yog‘dirayotgan mo‘g‘ullardan emas, balki
Xorazmshohning kuchayib borishidan xavfsirardi. Bag‘dod
xalifasi tobora kuchayib borayotgan sulton
Dostları ilə paylaş: