88
1.
Munke xoqon mamlakatda ichki vaziyatni yumshatish uchun
qanday choralar ko‘rgan?
2.
Ma’sudbekning pul islohoti qanday natija berdi?
3.
Kebekxon qanday islohotlarni amalga oshirgan?
4.
Iqtisodiy hayotni jonlanishiga nimalar sabab bo‘ la di?
5.
Mo‘g‘ullar davridagi yer egaligining
qanday shakllari mavjud
edi?
6.
Nima uchun Chig‘atoy ulusi bo‘linib ketadi?
Quyidagi jadvalni Chig‘atoy ulusida ijtimoiy-iqtisodiy hayot
mavzuga oid ma’lumotlar bilan to‘ldiring.
O‘tkazilgan
islohotlar
Islohot natijalari
yer egaligining
shakllari
26-§. ETNIK JARAyONLAR VA O‘ZBEK XALQINING
SHAKLLANISHI
Tayanch tushunchalar: etnik jarayon, o‘zbek xalqi,
“
Qovunchi
madaniyati
”
Etnik jarayon
.
Jahondagi boshqa xalqlar kabi o‘zbek
xalqi-
ning shakllanishi ham uzoq yillar davomida sodir bo‘lgan etnik
jarayonlar mahsulidir.
O‘zbeklar alohida etnik birlik (elat) bo‘lib, Movarounnahr,
Xorazm, Yettisuv, qisman Sharqiy Turkistonning g‘arbiy min -
ta qalarida shakllangan. O‘zbek xalqining asosini hozirgi O‘z-
be
kiston hududida qadimdan o‘troq yashab, sug‘orma deh-
qonchilik, hunarmandchilik bilan shug‘ullanib kelgan mahalliy
sug‘diylar, baqtriylar, xorazmiylar, farg‘onaliklar, shoshliklar,
yarim
chor vador
qang‘lar,
ko‘chmanchi
sakmassaget
kabi
etnik guruhlar tashkil etgan. Shuningdek,
Janubiy Sibir, Oltoy,
Yettisuv, Shar
qiy Turkiston hamda Volga va Ural daryosi
bo‘ylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan
etnik guruh ham o‘zbek xalqi etnogenezida ishtirok etadilar.
Yuqorida nomlari keltirilgan etnoslar asosan
turkiy va sharqiy
eroniy tillarda so‘zlashganlar.
89
Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida yuqorida nomlari qayd
etilgan qabila va elatlarning etnik jihatdan aralashuv jarayoni
natijasida o‘troq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon,
o‘zbek xalqiga xos antropologik qiyofa shakllanadi.
Qang‘ davlati davrida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib,
o‘ziga xos uyg‘unlashgan madaniyat shakllanadi. Arxeologik
asarlarda bu madaniyat
Dostları ilə paylaş: