O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


voiy, Abdurahmon Jomiy, Xoja Ahror



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/154
tarix18.09.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#117816
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   154
[@e tarix] 7-sinf Òzbekiston tarixi (2) 1 (1)

voiy, Abdurahmon Jomiy, Xoja Ahror kabi buyuk allomalar 
katta hissa qo‘shadilar.
Mustaqillik sharofati bilan Ahmad yassaviy, Bahouddin 
Naqshband, Najmiddin Kubro singari bobokalonlarimizning 
aziz nomlari tiklandi, qadamjolari obod etildi. Asarlari chop 
etilib, ularning bebaho ma’naviy meroslaridan hozirgi avlodlar 
bahramand bo‘lmoqdalar. Holbuki, islomiy ta’lim-tarbiya aso-
sida ajdodlarimiz kamol topib, o‘zlaridan o‘chmas tarixiy me-
ros qoldirganlar.
1. Movarounnahrlik muhaddis ulamolardan kimlarni bilasiz?
2. Al-Moturidiy qanday asarlar yozgan?
3. Ma’naviy hayotda Islom dinining ahamiyati nimada deb o‘y-
laysiz?
4. Tasavvuf qanday ta’limot?
5. Yassaviya tariqati asosida qanday qarash ustunlik qiladi?
6. 
Kubroviya tariqatidagi vatanparvarlik g‘oyalarini ta’riflang. 
7. Naqshbandiya tariqati insonlarni nimaga da’vat etadi?
30-§. ME’MORCHILIK, SAN’AT VA MUSIQA
Tayanch tushunchalar: me’morchilik, san’at, naqqoshlik, o‘yma-
korlik, xattotlik, shashmaqom.
Me’morchilik.
 
O‘rta asr jamiyatining ijtimoiy-siyo siy tu-
zu 
mi va Islom dini mafkurasi madaniy hayotning bu soha-
siga ham kuchli ta’sir qildi. Samarqand, Buxoro, Ur ganch, 
Termiz, O‘zgan va Marv kabi shaharlarda bu davrda ko‘plab 
saroy, masjid, madrasa, mi 
nora, maq 
bara, tim va kar 
von-
saroylar qu 
ri 
ldi. Buxoro shahridagi Ismoil Somo niy maq-
barasi, Namozgoh mas jidi, Minorai Kalon hamda Vob kent va 
Jarqo‘rg‘ondagi mino ra lar va ko‘pgina boshqa bino lar o‘sha 
davr me’morchiligining na mu nalaridandir. Bu yodgorliklar 
o‘zi ga xos me’morchilikning rivoj top gan ligidan dalolat beradi.
Bu davrda yo‘nilgan tosh, pishiq g‘isht va suvga chidamli 
qurilish qorishmalaridan turli xil suv inshoot lari: suv omborlari – 
bandlar, ko‘p riklar, sardobalar va korizlar barpo etiladi. Bunday 


107
inshoot larning 
o‘lchamlari 
mate matika 
nuqtayi nazaridan g‘oyat puxta ishlangan. 
Masalan, X asrda Nurota tizmalaridagi Pas-
tog‘ darasi to‘silib barpo etilgan Xonban di 
nomli suv omboriga 1,5 mln metr kub suv 
to‘plangan. To‘g‘on granit toshi va suvga 
chidamli qurilish qorishmasidan qurilgan. 
Bu suv om borini qurishda suvning vertikal 
va gorizontal bosim kuchi va bu hu 
dud-
larda tez-tez sodir bo‘ladigan zil zilalarning 
silkinish kuchlarini ham hisobga olganlar. 
Bu, shubhasiz, XVII asr mashhur fran-
suz fizigi Blez Paskal tomonidan suvning bosim kuchi 
to‘g‘risida yaratilgan kashfiyotdan qariyb 7 asr muqaddam 
movarounnahrlik muhandislarga ma’lum ekanligidan dalolat 
beradi.
X asrdan boshlab binokorlikda sinchkori imoratlar keng tar-
qaladi. Yakkasinch va qo‘shsinchli binolarning tagsinchlaridan 
tor 
tib ustunlari-yu sarrovlari va to‘sinlarigacha yog‘ochlarni 
birik tirish uslubida qurilib, sinchlarning orasi xom g‘isht yoki 
guvalalar bilan urib chiqilgan. Bu tuzilishdagi imoratlarni qurish 
hozirgacha saqlanib keladi. Afrosiyob, Varaxsha, Buxoro va 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin