109
V BOB
AMIR TEMUR VA TEMURIyLAR DAVRI TARIXI
31-§. XIV ASRNING O‘RTALARIDA
MOVAROUNNAHRDA IJTIMOIy-SIyOSIy VAZIyAT
Tayanch tushunchalar: siyosiy tarqoqlik, siyosiy kurash
maydoni, mamlakat mustaqilligi uchun kurash, Sarbadorlar.
Siyosiy tarqoqlik.
XIV asrning 50–60-yillarida Mova-
rounnahr 10 ga yaqin mustaqil bekliklarga bo‘linib ketgan. U
yer dagi hokimlar o‘zlarini
hokimi mutlaq deb e’lon qiladilar.
Mamlakatdagi har bir viloyat alohida hukmdorlikka ajralib,
ular o‘rtasida nizo kuchayib ketadi va qonli urushlarga
aylanadi.
Siyosiy tarqoqlik, o‘zaro urush va janjallar iqtisodiy
tanglikka sabab bo‘lib, mamlakat aholisini, ayniqsa,
dehqonlar
xo‘jaligini xonavayron qilgan edi.
Buning ustiga Sharqiy Turkiston va Yettisuvda tashkil
topgan Mo‘g‘uliston xonlari
bir necha bor Movarounnahr
ustiga yurish qilib, uni talaydilar. Mo‘g‘uliston xonlarining
vayronagarchilikka olib keluvchi yurishlari, istibdodi va
zulmiga qarshi xalq hara katlari boshlanadi.
Mana shunday o‘zaro
ichki urushlar qizigan, mo‘g‘ullar
zul
miga qarshi mehnatkash xalq harakatlari boshlangan bir
davrda mamlakatda yangi siyosiy kuch yetilmoqda edi.
Amir Temurning yoshlik davri.
Amir Temur Kesh
viloyatidgi
Xoja Ilg‘or qishlog‘i (Yakkabog‘ tumani)da
1336-yil 9-aprel kuni tavallud topgan. Uning to‘liq ismi
Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Barqul. Amir
Temurning onasi
Takina xotun Kesh yurtining obro‘li beka
(bek og‘o)laridan hisoblangan. Uning otasi
Amir Tarag‘ay
barlos urug‘ining oqsoqollaridan bo‘lib,
ajdodlari Kesh va
Nasaf viloyatida o‘z mulklariga ega bo‘lgan va bu yurtda
hokimlik qilgan.
Dostları ilə paylaş: