O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


Amir Temurning yoshligi ona yurti Keshda kechdi.  Amir Tarag‘ay



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/154
tarix18.09.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#117816
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   154
[@e tarix] 7-sinf Òzbekiston tarixi (2) 1 (1)

Amir Temurning yoshligi ona yurti Keshda kechdi. 
Amir Tarag‘ay o‘g‘lini yoshligidan aslzodalarga yarasha 
o‘qitgan va har 
taraflama bilim bergan: katta-kichik bilan 
muomala ilmini, ov qilish va harbiy ilmlarni o‘rgatgan. Yosh 


110
Temurni yetti yoshidayoq madrasaga o‘qishga beradilar. U 
madrasaga kelganda alifbodan mukammal xabardor bo‘lgan. 
O‘n ikki yoshidan boshlab bolalarga xos bo‘lgan ermak 
o‘yinlardan voz kechib, keyinchalik o‘z tengqurlari bilan 
sipohiylikka oid o‘yinlar bilan shug‘ullanadi. Amir Temur 
yoshlik chog‘laridanoq chavandozlik va ovga ishqiboz bo‘lib, 
kamondan nishonga o‘q uzish, ot choptirib turli mashq va 
harbiy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lishni yoqtirar edi. Shu 
asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir 
chavandoz va dovyurak bahodir sifatida voyaga yetadi. Uning 
atrofiga bolalikdagi do‘stlari va maktabdoshlari to‘planishib, 
birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, asta-
sekin navkar bo‘lishib, harbiy guruhga birlashib borishardi. 
Keyinchalik ular Amir Temurning safdoshlariga aylanib, uning 
qo‘shinida lashkarboshilik darajasigacha ko‘tarilganlar.
Shunday qilib, Amir Temur o‘z zamonisining o‘qimishli va 
uquvli hukmdorlaridan bo‘lib yetishadi. Tibbiyot, matematika
falakiyot, me’morchilik va tarix ilmidan ham yaxshigina 
xabardor bo‘lgan. Amir Temur bilan yuzma-yuz o‘tirib 
suhbatlashishga muyas sar bo‘lgan buyuk arab faylasufi Ibn 
Xaldunning ta’kid lashicha, Amir Temur turk, arab, fors 
xalqlari tarixini chu qur o‘rgangan, diniy, dunyoviy va falsafiy 
bilimlarning eng murak 
kab jihatlarigacha yaxshi o‘zlashtira 
olgan zot ekan. 
O‘zining ilk harbiy faoliyatini Amir Temur qo‘l ostidagi 
navkar 
lari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan 
boshlagan. Ularning o‘zaro kurashlarida qatnashib, jasorat 
ko‘r satgan va jang larda chiniqqan. Harbiy mahorat va oliyhim-
matlilik Amir Temurning shuhratini oshirib, uning dong‘i 
butun Qashqadaryo vohasi, xususan Kesh viloyatiga yoyilgan. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin