O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/154
tarix18.09.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#117816
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   154
[@e tarix] 7-sinf Òzbekiston tarixi (2) 1 (1)

Taxt uchun kurash.
 
Shohrux 1447-yil 12-mart kuni ne-
va rasi Sulton Muhammad isyonini bostirish vaqtida Ray 
viloyatida o‘rniga voris belgilashga ulgurmay olamdan o‘tadi. 
Shohrux vafot etishi bilanoq Xuroson va Movarounnahrda 
temuriy shahzodalar o‘rtasida toj-taxt uchun kurash yana 
avjga minib, mamlakat beqarorlik va chuqur ijtimoiy-siyosiy 
larzalarga duchor bo‘ldi. Odatga ko‘ra taxtga Shohruxning 
to‘ng‘ich o‘g‘li Ulug‘bek o‘tirishi kerak edi. Ammo taxtni 
Boysung‘urning o‘g‘li Alouddavla egallaydi. Toj-u taxt uchun 
yana kurash boshlanadi.
O‘zboshimcha shahzodalar Ulug‘bekka qarshi harakat 
bosh laydi va 1447-yilning bahorida Alouddavla Ulug‘bekning 
katta o‘g‘li Abdullatifning qo‘shinini tor-mor qilib, uni asirga 
oladi. Ulug‘bek Alouddavla bilan sulh tuzishga majbur 
bo‘ladi. Unga ko‘ra Abdullatif ozod qilinadiUlug‘bek 
esa Hirot va Xurosonga bo‘lgan da’vosidan voz kechadi. 
Biroq ko‘p o‘tmay sulh buziladi. 1448-yilning bahorida 
Ulug‘bek va Abdullatifning 90 ming kishilik birlashgan 
qo‘shini Hirotga yurish qiladi. Tarnob yaqinida bo‘lgan 
jangda Alouddavla qo‘shini tor-mor keltirilib, Hirot qo‘lga 
kiritiladi. Ulug‘bek Xurosonda Abdullatifni qoldirib, o‘zi 
Samarqandga qaytadi. Chunki Movarounnahrda Ulug‘bekka 
qarshi isyon boshlangan edi.
Abdullatif, garchi bobosi Shohruxning Hirotdagi taxti-
ga o‘ti 
rishga muyassar bo‘lsa-da, ammo unda otasiga nis-
ba 
tan adovat paydo bo‘ladi. G‘alaba to‘g‘risida tevarak-
atrofga yuborilgan fathnomalarda Abdullatifning nomi inisi 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin