O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


Mirxond Alisher Navoiyning ko‘rsatmasi va homiyligi bilan  “Ravzat us­safo” (“Jannat bog‘i”) asarini yozadi. Xondamir



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/154
tarix18.09.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#117816
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   154
[@e tarix] 7-sinf Òzbekiston tarixi (2) 1 (1)

Mirxond Alisher Navoiyning ko‘rsatmasi va homiyligi bilan 
Ravzat us­safo” (“Jannat bog‘i”) asarini yozadi. Xondamirning 
ta’kidlashicha, ushbu asar Mirxond tomonidan tugatilmagan. 
Asar Xondamir tomonidan yozib tugatilgan. “Ravzat us­safo” 
asari dunyoning yaratilishidan to 1523-yilgacha bo‘lgan O‘rta 
Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan 
ijtimoiy-siyosiy voqealar keng bayon etilgan. Mirxondning 
bu asari Sharq mamlakatlarida katta shuhrat qozonadi. Dunyo 
kutubxonalarida “Ravzat us­safo” asarining ko‘pgina qo‘l-
yozma nusxalari mavjud. Yevropada Mirxondning asari ancha 


153
vaqtgacha Sharq tarixi bo‘yicha muhim manba bo‘lib xizmat 
qilgan.
Mirxondning nabirasi Xondamir (1475–1535) ham 
o‘z 
davrining mashhur tarixchisidir.
U hazrat Alisher Navoiyning 
shogirdi
edi. Xondamir 15-16 yoshlarida Alisher Navoiyning 
diqqat-nazariga tushadi va uning vafotiga qadar ulug‘ shoirning 
yonida bo‘lib, uning kutubxonasiga boshchilik qiladi. Xondamir 
o‘zining keng ma’lumoti, ilm-fanga intilishi bilan ulug‘ olim 
va mutafakkir shoirning hurmat-e’tiborini qozonadi. Navoiy 
Xondamir haqida “Majolis un­nafois” asarida quyidagilarni 
yozib qoldirgan: “Mavlono Xondamir Mirxondning farzandidir 
va salohiyatli yigitdir. Tarix ilmida moharati bordir”. 
Xondamir sermahsul olim edi. U tarixga oid o‘nga yaqin 
asarlar yozib qoldirgan. Xondamir
o‘zining o‘lmas tarixiy 
asarlari bilan ko‘p asrlik madaniyatimiz xazinasini boyitdi va 
ilm-fan t
arixida o‘chmas iz qoldirdi. Xondamir o‘z asarlarida 
xalqimizning o‘tmish tarixi va voqea-hodisalarini go‘zal 
qilib tasvirlagan. Ayniqsa uning “Habib us­siyar” asari O‘rta 
Osiyo va Xurosonning XV asr oxiri va XVI asrning birinchi 
choragidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o‘rganishda muhim va 
qimmatli manbalardan biri hisoblanadi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin