O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/154
tarix18.09.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#117816
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   154
[@e tarix] 7-sinf Òzbekiston tarixi (2) 1 (1)

Varaxsha. Devoriy tasvir.
* Arkon — dindagi eng muhim vazifa, suyanchiq, 
ma’muriyat
* Qam-shomon — Ko‘k Tangriga sig‘inuvchi yakka- 
xudolik dini


25
marosimlar o‘t 
kazib, qur 
bonliklar qilishgan. Masalan, Ko‘k 
Tangri sha rafiga qurbonlik uchun qora qashqa ot so‘ yil gan.
Shaharsozlik. 
V–VII asrlarda dehqonchilk maydonlari 
kengayib, mahsulotlarning ortib borishi, hunarmandchilik 
buyum va jihozlarga bo‘lgan ehtiyoj, savdo-sotiqning avj olishi 
shaharlarning ravnaqiga ta’sir etdi. Shaharsozlikning o‘zagi 
bo‘lgan shahristonlar, ular atrofida rabotlar, bog‘-u rog‘lar, 
asosan, sersuv manzillarda bunyod etilgan. Shahriston maydoni
dastlab 15 gektardan oshmagan. Unda, asosan, boy tabaqa 
istiqomat qilgan. Shahar atrofidagi rabotda hunarmandlar, 
dehqonlar yashagan. Buxoro va Poykand shaharlarining 
maydoni 20 gektardan oshmagan. Bu davrda O‘rta Osiyoda 
eng katta shaharlardan biri Samarqand edi. Uning umumiy 
maydoni qariyb 200 gektardan bo‘lgan. Shahriston qurilishi 
Afrosiyob, Varaxsha, Panjikent shaharlaridagi arxeologik 
tadqiqotlar orqali o‘rganilgan. Ko‘cha tarmoqlari qatoriga 
oddiy uy-joy binolari, hunarmand ustaxonalari, do‘konlar, 
ibodatxonalar, saroylar qurilgan. Devorlar, xususan, mudofaa 
devorlari paxsa va xom g‘ishtdan qurilib, burchaklariga baland 
qilib burjlar ishlangan. 
San’at.
 
Tasviriy san’atning rassomlik va haykaltaroshlik 
kabi tarmoqlari ravnaq topadi. Surxon vohasida Bolaliktepa 
va Zarafshon vodiy sida Panjikent, Varaxsha va Afrosiyob
Far g‘ona vodiysida Quva xarobalarida to pib o‘rganilgan yod-


26
gorlik lardan – devoriy su ratlar, haykallar va 
ganch kori naqsh lar o‘sha davrning yuksak 
san’at asarlaridan hi sob lanadi. De vo riy tas-
virlar zamonasining o‘ta murakkab ha 
yoti, 
din-u e’tiqodi va tashqi mamlakatlar bilan 
olib borilgan alo 
qa 
lardan hikoya qiluvchi 
man badir.
Haykaltaroshlik rivojiga ayniqsa bud 
da 
-
viylik dini kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Far g‘ona 
vodiysida Quvadan hamda Qo‘r g‘on tepa 
yaqinidagi Ajinatepadan budda 
ning bahay-
bat haykal 
lari topilib, o‘rganildi. Aji natepa 
buddasi haykalining bo‘yi 12 metrga boradi. 
Bu davrda badiiy yog‘och o‘ymakorligi san’ati ham yuqori 
darajada rivojlangan. Ilk o‘rta asr ganchkorligi san’atining no-
dir yod gorligi namunalari Varaxsha to pil ma lari orqali tadqiq 
etildi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin