27
II B O B
ARAB XALIFALIGI DAVRIDA MOVAROUNNAHR
9-§. MOVAROUNNAHRDA ARAB XALIFALIGINING
O‘RNATILISHI
Tayanch tushunchalar: Islom dini, Xuroson, Movarounnahr,
Movarounnahrning fath etilishi.
Islom dinining vujudga kelishi.
Qadimdan Arabiston ya-
rim
orolida arablar tarqoq holda yashardilar.
VII asr bosh-
larida Arabistonda yagona e’tiqod asosida mamlakatni bir-
lashtirish harakati boshlanadi. Bu buyuk e’tiqod yakkaxudo-
likka asoslangan Islom dini edi.
Allohning rasuli (elchisi)
Makka shahrida dunyoga kel gan
Muhammad (s.a.v. – sollallohu alayhi vasallam)
ibn Ab dul-
loh (570–632) bu harakatga rahnamolik qiladi. Islomni qa bul
qilib, Rasulullohga ergashgan uning izdoshlari “
muslim” (mu-
sul
monlar) deb atalgan. Ular insonlarning Xudo oldida teng
ekani, rizq-ro‘zini barchaga Yaratguvchining o‘zi yetkazib
berishi hamda jamiyatdagi adolatsizlik barham topishi uchun
haq dinga kirish kerakligini targ‘ib etadilar. Islom bayrog‘i
ostida
Makka shahrida boshlangan targ‘ibot
Madinaga ko‘-
chadi.
Muhammad (s.a.v.)
630-yilda arablarni yagona davlatga
birlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: