O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


Narshaxiyning yozishicha, 673-yilning kuzida xalifa Muo-



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/154
tarix18.09.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#117816
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   154
[@e tarix] 7-sinf Òzbekiston tarixi (2) 1 (1)

Narshaxiyning yozishicha, 673-yilning kuzida xalifa Muo-
viya I (661–680) farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amu-
daryodan kechib o‘tib, Buxoro hududiga bostirib kiradi. Poy-
kand va Romitonni egallab, Buxoro hukmdori qo‘shinlarini 
yen gadi va o‘z foydasiga sulh tuzib, bir lak (yuz ming) dirham 
hajmida tovon undiradi. Tovondan tashqari arablar to‘rt ming 
asir, qurol, kiyim-kechak, oltin va kumush buyumlardan iborat 
ko‘p o‘ljalar bilan Marvga qaytadilar. Yo‘l-yo‘lakay arablar 
Termiz shahrini egallaydilar.
VIII asr boshlarida arablar Movaroun nahr hududini to‘liq 
bosib olishga kiri 
shadilar. Xuro 
songa noib qilib tayinlangan 
Qutayba ibn Muslim arablarning Movaroun 
nahrga harbiy 
yurishiga boshchilik qiladi. Qutayba har biy yurishni 705-yilda 
Balx
viloyati atrofl arini zabt etishdan boshlaydi. Tez ora da 
* Arab xalifaligi – barcha hokimiyat Muhammad (s.a.v.)
ning o‘rinbosarlari (xalifalar) qo‘lida to‘plangan davlat 
(632–1258). Unda Ummaviylar (661–750) va Abbosiylar 
(750–1258) sulolalari hukmronlik qilgan. 


29
Cha g‘oniyon hokimi jangsiz taslim bo‘ladi. Qu tay ba qiyin-
chilik bilan Poy kand ni egallab, Buxoro tomonga yo‘l oladi va 
709-yil da Buxoroni egallaydi. Buxoroliklar har yili xalifalikka 
boj to‘ lashga, uylarining yarmini arablarga bo‘ shatib berishga 
majbur etiladi. 
710-yilda Qutayba Naxshab va Keshni bosib olib, Samar-
qandga hujum boshlash uchun tayyorgarlik ko‘radi. Biroq 
Xorazm da boshlangan ichki ziddiyatlar oqibatida yuzaga kel-
gan qu lay fursat Qutaybani Sug‘d yurishini kechiktirib, Xo-
razmga qo‘shin tortishga jalb etadi. Negaki, Xorazm shohi 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin