30
yoki mulkka vorislik tariqasida berilgan. Biroq yerlarning
asosiy egasi xalifa sanalar va u iqtodorlardan ushr olish
huquqiga ega edi.
Yirik yer egalari – dehqonlar arab xalifaligi davrida ham
o‘z yerlarining egalari bo‘lib qoldilar, biroq ular endilikda
ija
ra
dorga aylanib, daromadning ma’lum qismini xalifalik
xazinasiga jo‘natish majburiyatini olgan edilar.
VIII asr mobaynida yirik dehqonlar qo‘li ostidagi yer-
mulklar yuqori arab harbiy mulkdoriga o‘tishi ro‘y beradi.
Arab zodagonlarining dehqonlar bilan yaqinlashishi shu davrda
kuchaygan. Dehqonlarning arablar bilan yaqinlashuvi, ularni
istilochilar uchun ishonchli xizmatkorligini ta’minlash bilan bir
qatorda, yer-mulklari va boshqa boyliklarini muhofaza qilishiga
imkoniyat yaratdi. Dehqonlar arablar istilosidan so‘ng xalifalik
noibining vakili hisoblangan amirga bo‘ysunganlar. Biroq amir
bilan bir qatorda yirik yer egalari – buxorxudotlarning ham
mavqeyi baland bo‘lgan. Narshaxiyning ma’lumotlariga ko‘ra,
ayrim dehqonlar Buxoro amiri va buxorxudotlar ularning
o‘z yerlarini tortib olganligi shikoyatini Xuroson noibiga
yetkazganlar.
Movarounnahrdagi qishloqlarda yerlar mayda xo‘jaliklar
tomonidan ishlov berilgan. Dehqonlar yerlarni mayda bo‘lak-
larga taqsimlab ziroatkorlarga – kadivar va kashovarzlarga
Dostları ilə paylaş: