O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


Shaharlar, savdo va hunar mandchilik



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/154
tarix18.09.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#117816
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   154
[@e tarix] 7-sinf Òzbekiston tarixi (2) 1 (1)

Shaharlar, savdo va hunar mandchilik.
 
XI–XII asrlarda 
sha harlar kengayadi, aholi soni ko‘payib, ular yanada gavjum-
la shadi. Samarqand, Buxoro, Termiz, O‘zgan, Toshkent kabi 
shaharlar ichki va tashqi savdo uchun xilma-xil hunarmandchilik 
mahsulotlari ishlab chiqaradigan hamda chaqa-tangalar vositasi 
bilan olib boriladigan bozor tijoratining markaziga aylanadi. 
Shu davrda bunyod etilib, hozirgacha saqlangan Raboti Malik
Masjidi kalon, Minorai kalon, Vobkent minorasi, Jarqo‘r-
g‘on minorasiMag‘oki attori masjidi hamda ko‘plab saroy, 
* XI–XII asrlarda “dehqon” degan tushuncha o‘zi-
ning “qishloq hokimi”ni anglatuvchi asl ma’nosini 
yo‘qotdi


59
masjid, madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, tim va kar-
vonsaroy kabi inshootlar quriladi.
Hunarmandchilik mahsulotlari o‘zining xilma-xilligi va 
yuqori darajada nafisligi bilan ajralib turadi. Bu davrda sha-
har 
larda, ayniqsa, kulolchilik, shishasozlik, miskarlik va 
chilangarlik rivoj topadi. Hunarmandchilikning taraqqiy etishi 
hamda ichki va tashqi savdoning kengayishi bilan bozor 
tijoratida pulga talab oshadi. Natijada kumush va misdan 
ko‘plab chaqa va tangalar zarb qilinadi. 
Qoraxitoylar hujumi.
 
Siyosiy jihatdan tobora zaiflashib 
bora 
yotgan Qoraxoniylar davlati o‘zining avvalgi mavqeyini 
yo‘qotib, saljuqiylar tazyiqiga uchraydi va unga qaram bo‘lib 
qoladi. XII asrning 30-yillari oxiriga kelganda Qoraxoniylar 
davlati sharqdan kelgan yangi istilochilar – ko‘chmanchi qo-
ra xi toylar (mo‘g‘ullarga mansub qabila) hujumiga duchor 
bo‘ldi. Qoraxitoylar hukmdori Go‘rxon Bolasog‘un shahrini 
Qoraxitoylar davlatining poytaxtiga aylantirgan.
Yettisuvga joylashib olgan qoraxitoylar tez orada Sir-
daryoning o‘rta oqimiga tomon yurish boshlaydilar. Ularning 
jangovar qo‘ 
shin 
lari avval Shosh va Farg‘onaga, so‘ngra 
Zarafshon va Qash qadaryo viloyatiga bostirib kiradi. 1137-yilda 
ular Xo‘jand shahri yaqinida qoraxoniylarning eloqxoni 
Mahmudga qaq shatqich zarba beradilar. O‘zaro sulh tuzilib, 
qora 
xoniylardan katta tovon olingach, o‘z yurtlariga qaytib 
keta 
dilar. Lekin sulh uzoqqa cho‘zilmaydi. Oradan to‘rt yil 
o‘tgach qoraxitoylar yana Movarounnahrga yurish qiladilar. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin