O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/154
tarix18.09.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#117816
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   154
[@e tarix] 7-sinf Òzbekiston tarixi (2) 1 (1)

Urganch qamali.
1221-yilning boshlarida Chingizxon 
qo‘ shin larining Urganchga yurishi boshlandi. Xorazmshohlar 
poytaxtida xorazmliklarning 110000 nafar qo‘shini turardi. 


69
Urganchliklar dushmanning harbiy kuch va zirhli qurollarining 
ustunligiga qaramay o‘z ona shahrini yetti oy mudofaa 
qiladilar. Jaloliddin Maguberdi va Temur Malik singari 
sarkardalar xalq qasoskorlari bilan bir safda jang qildilar. 
Bu janglarda zamonining buyuk allomasi shayx Najmiddin 
Kubro nomi bilan shuhrat topgan 76 yoshli Ahmad ibn 
Umar Xivaqiy o‘z do‘st-u shogirdlari va izdoshlari bilan 
ishtirok etadi. U o‘z muridlarini yovga qarshi kurashga ilhom-
lantirib turdi. Najmiddin Kubroning iltijo bilan “Yo Vatan, 
yo sharofatli o‘lim” deb aytgan xitobi rahnamoligida har bir 
mahalla, ko‘cha-ko‘y, guzar-u rasta, masjid-u madrasa va har 
bir xonadon janggohga aylanadi. Ko‘cha janglarida minglab 
mo‘g‘ul askarlari halok bo‘ldi. Mo‘g‘ullar to shu paytgacha 
Movarounnahrning hech bir shah 
rida bunchalik qurbon 
bermagan edilar. 
Chingizxon Najmiddin Kubroga ahli a’yonlari, barcha 
yor-u do‘stlari bilan shahar tashqarisiga chiqib, jon saqlashni 
taklif etgan. Ammo shayx Chingizxon
taklifini rad qilib,
“shu tuproqda tug‘ilibmiz, shu tuproqda o‘lamiz!” degan 
ekan. Oqibat son jihatidan teng bo‘lmagan dushman bilan 
olib borilgan shiddatli jangda og‘ir yaralangan Najmiddin 
Kubro o‘lim oldida tig‘ tutgan mo‘g‘ul sarboziga tashlanib, 
qahramonlarcha halok bo‘ladi. Jangchi mo‘gullar jonsiz shayx 
qo‘lidan bayroqni tortib ololmaydilar. 
Mo‘g‘ullar hiyla ishlatib ham ko‘rdilar. Bir cho‘ponga 100-
150 qo‘y, echki berib, shahar darvozasi yonidan haydab o‘tishni 
buyuradilar. O‘zlari pistirmada turadilar. Och qolgan aholi 
darvozadan chiqib suruv ketidan quvib ketadilar. Shahardan 
ancha uzoqlashib qolganlarida mo‘g‘ullar ularga hujum 
qiladilar. Yuz mingga yaqin odam qatl etildi. Mo‘g‘ullar qolgan 
aholini quvib kelib shaharga kirib jang qiladilar. Biroq shahar 
himoyachilari mo‘g‘ullarni shahardan haydab chiqarishga 
muvaffaq bo‘ladilar. Keyinchalik ilojsizlikdan holi tang bo‘lib, 
taslim bo‘lgan Urganch bosqinchilar tomonidan talon-toroj 
qilinadi. Yuz ming nafar san’at, hunar arboblarini, yosh bolalar 
va ayollarni ajratib olib, Mo‘g‘ulistonga jo‘natadilar. Qolgan 
xalqni shahardan haydab chiqib, askarlarga 24 nafardan bo‘lib 


70
berdilar. Mo‘g‘ul jangchilari yuz ming nafardan ziyod edi. 
Shaharning bosh ihota to‘g‘oni buzib yuboriladi. Urganchni 
suv bosib vayron bo‘ladi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin