O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/154
tarix18.09.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#117816
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   154
[@e tarix] 7-sinf Òzbekiston tarixi (2) 1 (1)

Jaloliddin Manguberdi 
Hindistonda uch yil hukmronlik qiladi. U Hindistonda muqim 
o‘rnashish, ittifoqchilar topish mushkul ekanligini anglab, 
1224-yili
bu yerda o‘z noiblarini tayinlab, o‘zi esa 
Iroqqa yo


oladi.


75
Eron va Kavkazdagi g‘alabalar.
 
Jaloliddin o‘z qo‘shini 
bilan dastlab Kirmon, keyin Sheroz va Isfahonga borib, mahal-
liy hukmdorlar bilan kelishib, biroz mustahkam kuchga ega 
bo‘ladi. Ammo bu yerlar ukasi G‘iyosiddinga tegishli bo‘lganligi 
uchun u akasining kelishidan norozi edi. Jaloliddinning ke-
lishi mahalliy aholi tomonidan yaxshi kutib olingan, chunki 
G‘iyosiddin davrida o‘zboshimchalik va zo‘rovonlik avjiga 
chiqqan edi.
Shunday qilib, Kirmon, Fors, Isfahon Xorazmshohga to-
be 
ligini izhor etib, umumiy dushman – mo‘g‘ullarga qarshi 
kurash istagini bildirishdi.Jaloliddin'> Jaloliddin bu yerlarda birlashgan 
davlat tuzishga kirishdi. 
Sulton Jaloliddin, bir tomondan, qudratli davlat tiklana yot-
ganidan, ikkinchi tomondan, Tabariston, Damashq, Misr hukm-
dorlari u bilan yaxshi munosanbatlar o‘rnatganidan mamnun 
edi. endilikda ular bilan ittifoq tuzib, katta qo‘shin tuzib, 
Chingiz 
xonga qarshi yurish qilish mumkin edi. 
Jaloliddin 
bu yurishga umumrahbar bo‘lishni o‘ylab, Bag‘dod xalifasi 
Nosirga maktub yo‘llaydi. U xalifani umumiy dushman – mo‘-
g‘ullarga qarshi kurashga undaydi.
Ammo o‘sha davrdagi Bag‘dod xalifasi avvalgidek qud-
ratga ega bo‘lmay, xudbin va kaltafahm hukmdor edi. Xalifa 
Islom olamiga ofat yog‘dirayotgan mo‘g‘ullardan emas, balki 
Xorazmshohning kuchayib borishidan xavfsirardi. Bag‘dod 
xalifasi tobora kuchayib borayotgan sulton Jaloliddin 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin