O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/154
tarix18.09.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#117816
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   154
[@e tarix] 7-sinf Òzbekiston tarixi (2) 1 (1)

1227-yil sentabrda Isfahon yaqinida Jaloliddin Manguberdi 
mo‘g‘ullarning Taynol no‘yon boshliq qo‘shinini yengadi. Taynol 
no‘yon Jaloliddin Manguberdini  jangdagi mardligiga qoyil 
qolib “Zamonasining haqiqiy bahodiri ekan, o‘z tengqurlarining 
sarvari ekan”, degan.
Ichki ziddiyatlar.
 
Jaloliddin Manguberdining Ko‘niya, 
Jazira, Damashq va Misr hukmdorlariga nomalar yozib, ularni 
mo‘g‘ullarga qarshi kurashish yo‘lida birlashtirish xatti-hara-
katlari behuda ketdi. Sulton Jaloliddin Manguberdining o‘sib 
borayotgan mavqeyi Bag‘dod xalifasini, Misr, Damashq va 
Jazira hukmdorini tashvishga sola boshladi. Ichki fitnalar va 
xiyonatlar boshlandi. Ustiga-ustak Ko‘niya sultoni Alouddin 
Qayqubod muxolif kuchlarni Jaloliddin Manguberdiga qarshi 
birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 
Jaloliddinning ukasi G‘iyosiddin Pirshoh birinchi bo‘lib 
xiyo nat yo‘liga o‘tdi. U o‘z lashkarlari bilan akasi qarorgohini 
tark etdi. G‘iyosiddin akasiga hasadi qo‘zg‘ab, o‘zi mustaqil 
dav lat barpo etish va Jaloliddin kabi shuhrat qozonishni istadi. 
U Kirmon hokimi tomonidan qo‘lga olinib, qatl etiladi. 


77
Mo‘g‘ullar ushbu voqeadan so‘ng, Jaloliddin davlati ular 
o‘y la gandek kuchli emasligini anglab, u bilan sulh tuzish fikri-
dan qay tishdi. Ozarbayjon va Gurjiston sari talonchilik yurish-
larini boshlab yuborishdi. 
Jaloliddinning bosh vaziri Sharofulmulk
sultonga fitna 
uyush tira boshlaydi. Uning Jazira va Ko‘niya hukmdorlariga 
Jalolid dindan hokimiyatni tortib olishda madad so‘rab
yozgan 
maktubi Jaloliddinning 
qo‘liga tushgach, u hibsga olinib, qatl 
etiladi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin