86
kumush tangalar zarb ettirib,
mamlakatda ularni muomalaga
chiqaradi.
Kebekxon_va_uning_islohotlari._XIV_asrning_birinchi_yar_mi'>Kebekxon va uning islohotlari.
XIV asrning birinchi
yar mi da Chig‘atoy ulusida mo‘g‘ullarning o‘troqlikka o‘tish
jarayoni kuchayib, ularning ijtimoiy hayotida jiddiy o‘zgarishlar
sodir bo‘la boshlaydi. Movarounnahrdek madaniy o‘lka bilan
mustahkam aloqa o‘rnatishga va o‘troq
hayot kechirishga
intilgan Chig‘atoy xonlaridan biri
Kebek (1318–1326) edi. U
hokimiyatni bevosita o‘z qo‘liga olib, Qashqadaryo vohasidagi
qadimgi
Nasaf shahri yonida o‘ziga saroy qurdiradi. Saroy
mo‘g‘ul tilida
“Qarshi” deb yuritiladi.
Kebekxon o‘z
qarorgohini mo‘g‘ul hukmdorlari orasida birinchi bo‘lib
Movarounnahrga ko‘chiradi. U shu
saroyda turib mamlakatni
idora qiladi. Keyinchalik saroy atrofida yangi binolar qad
ko‘taradi va eski
Nasaf shahri bilan qo‘shilib ketadi. Shundan
e’tiboran bu shahar
Qarshi deb atala boshlanadi.
Kebek davlatni idora etish tuzilishini va
uning iqtisodiy
hayotini tartibga solish maqsadida ma’muriy va pul islohoti
o‘tkazadi. Mamlakatda yagona pul joriy qilinadi. erondagi
Xulokiylar davlati va Oltin O‘rda xonligining kumush
tangalari namunasida ikki xil pul: og‘irligi 8 grammlik katta
kumush tanga va 1 grammlik kichik tanga zarb etilgan. Katta
tanga
“dinor”,
kichigi “dirham” deb atalgan.
“Kepaki” deb
nom olgan bu tangalar Samarqand va Buxoroda zarb etilib,
muomalaga chiqarilgan.
Dostları ilə paylaş: