101
Yugnakiydan yagona adabiy meros “
Hibat ulhaqoyiq” (“
Ha
qi qatlar tuhfasi”) saqlanib qolgan. U turkiy adabiy tilining
qimmatli va nodir yodgorligi hisoblanadi. O‘z asarida
Yusuf
Xos Hojib singari ilm-fan, olim va fozillarni ulug‘laydi,
ma’rifatparvarlikni targ‘ib etadi, kishilarni ilmli va ma’rifatli
bo‘lishga chaqiradi.
Yugnakiy o‘zini shoir emas, balki adab muallimi, deb
hisoblagan. O‘ziga xos axloq kitobi bo‘lgan bu asarga Qur’oni
karim va Hadisi sharif ma’nolari singdirilgan. U Islom dini
axloqini tashviq qilish, komil insonni tarbiyalab yetishtirish
maqsadi bilan yozilgan.
1. Turkiy yozma adabiyotlardan eng nodirlarini qayd eting.
2. Ayting-chi, turkiy adabiy tili qaysi tillarning vujudga kelishida
muhim ahamiyat kasb etdi?
3. Mahmud Zamaxshariy qayerda tug‘ilgan va u qaysi nomlar
bilan ulug‘langan?
4. “Qutadg‘u bilig” asari kim tomonidan yozilgan?
5. Mahmud Koshg‘ariy va uning
“Dеvоnu lug‘оtit turk” asari
haqida gapirib bering.
6. Ayting-chi, nega Ahmad Yugnakiy o‘zini shoir emas, balki
adab muallimi, deb hisoblagan?
Quyidagi jadvalni adabiyot vakillari haqida ma’lumot bilan
to‘ldiring.
Adiblar
Qachon
yashagan?
Qaysi nomlar bilan
ulug‘langan?
yozgan
asarlari
29-§. DINIy BILIMLARNING RIVOJLANISHI
Tayanch tushunchalar:
hadis, kalom ilmi, fiqh, din, tasav vuf,
tariqat, mafkura.
Dostları ilə paylaş: