O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/154
tarix18.09.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#117816
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   154
[@e tarix] 7-sinf Òzbekiston tarixi (2) 1 (1)

Din.
 
IX–XIII asr ma’naviy hayotida Islom dini muhim 
o‘rin egallaydi. Bu davrda musulmon Sharqida keng tarqalib
jahon dini darajasigacha ko‘tarilgan Islom dini xalq hayotida 
muhim o‘rin egallaydi. Movarounnahr aholisi Islom dinini 
qabul qilib, shariat ahkomlarini bajarishga, arab tili va yozuvini 
o‘rganishga kirishdi. Markaziy shaharlarda qator masjid va 
mad rasalar qad ko‘tardi.
XII asrda esa Buxoroning Darvozai Mansur mahallasida, 
hatto qonunshunoslar uchun maxsus “Faqihlar madrasasi” 


104
qurilgan. Bunday oliy dorilfunun asosan Islom dini ta’limoti-
ning asosiy manbalari: Qur’oni karim, Hadisi sharif va arab 
tilini mukammal o‘rganishga katta e’tibor bergan. Shariat 
ahkomlarini har tomonlama chuqur o‘rgatishda “Tafsir” – 
Qur’oni karimning sharhlari juda boy va qimmatli manba 
hisoblangan. Fiqh fani (islom huquqshunosligi) axloq va shariat 
ahkomlari borasida mukammal ma’lumot beradi.
Islom dini ta’limotining ravnaqi va targ‘ibotining kenga-
yishida, ayniqsa, Buxoro shahri markazga aylandi. Buxoro 
mad rasalaridan juda ko‘p yetuk fiqhshunos olimlar, qozilar, 
imom 
lar yetishib chiqadi. Shu boisdan Buxoro IX asrdan 
bosh lab “Qubbat ul­islom” – “Islom dinining gumbazi” nomi 
bilan shuhrat topadi.
Tasavvuf.
 
Tasavvuf o‘rta asrlar musulmon Sharqida keng 
tarqaladi. Bu ta’limot dastlab VIII asr o‘rtalarida Iroqda yuzaga 
kelgan.
Tasavvuf ta’limoti asosida inson faoliyati va uning kamoloti 
yotadi. Movarounnahrning turli o‘lkalarida tasavvufning turli 
tariqatlari paydo bo‘ladi. Turkistonda XII asrda Yassaviya
XII asr oxirida Xorazmda Kubroviya, XIV asrda Buxoroda 
Naqshbandiya va boshqa tariqatlar vujudga keladi.
Movarounnahrda keng yoyilgan tasavvuf – Yassaviya 
tariqati bo‘lib, unga Ahmad Yassaviy asos soladi. Tariqatning 
asoslari Yassaviyning mashhur “Hikmat” asarida bayon etiladi. 
Ahmad Yassaviyning fikricha, shariatsiz tariqat, tariqatsiz 
ma’rifat, ma’rifatsiz haqiqat bo‘la olmaydi. Ularning har biri 
ikkinchisini to‘ldiradi va takomillashtiradi. Yassaviya tari-

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin